Ilk yosh (2-3 yoshli) bolalar uchun So'zga taqlid qiluvchi tovushlardan foydalanib, unli (e,i,a,o,u,o') va undosh (m, n, b, p, t, d, k, g, f, v) tovushlarni to'g'ri talaffuz etishni mashq qildirish. Bolalarga berilgan savollarga javob berishni o'rgatish. To'g'ri jumla tuzishlariga etibor berish. Bolalarda ermak, ovutmachoq va sherlarni qaytarish ko'nikmasini tarkib toptirish, ularda chiroyli, to'g'ri gapirish ishtiyoqini tarbiyalash. Lug'at ishi Tovushga taqlid qilishdan odatdagi so'zlarni talaffuz qilishga o'tkazishni davom ettirish: tovushga taqlid qiluvchi (vov-vov, chiq-chiq) kabilarni osonlashtirilgan to'g'ri so'zlar (kuchuk, soat) bilan almashtirish, taqlid qilishni o'stirish, yani ayt, qaytar kabi topshiriqlarni bajartirish, bu bilan so'zlarni tushunish bolaga turli tovush, bo'g'in va so'zlarni talaffuz etib mashq qildirish orqali so'z boyligini orttirish. Bolalarning so'z boyliklarini buyumlar nomini anglatadigan otlar (kiyim, idish-tovok, mebel, o'yinchoqlar), o'simliklar (daraxt, o't, gul va b.), sabzavot (sabzi, pomidor, bodring va b.), mevalar (olma, olcha va b.), uy hayvonlari (xo'roz, tovuq, sigir, it, mushuk va b.), ularning bolalari (jo'ja, buzoqcha, kuchukcha va b.) bilan ayrim harakatlarni ifodalovchi fellar (yugurmoq, artmoq, kir yuvmoq, dazmollamoq, ekmoq va b.), sifatlar (katta, kichik, qizil, sariq, ko'k, oq, qora, issiq, sovuq, shirin, achchiq, dumaloq), ravishlar bilan (uzoq, yaqin, past, baland) boyitish. Katta-kichik, baland-past, ko'p-kam kabi so'z birikmalarini bolalar lug'atiga kiritish. Lug'atni faollashtirish. Rasmlarni, uy-ro'zg'or buyumlarini ko'zdan kechirayotganda ularning nomlarini, vazifalarini va bazi sifat xususiyatlarini bildiruvchi so'zlarni to'g'ri ishlatishga o'rgatish. Bolalarning o'z nutqlarida o'rgangan so'zlarini so'z o'yinlari orqali mustahkamlab borish. Kichik guruh (3-4 yosh) Bolalarning aniq, shoshilmay, etarlicha baland ovozda gapirishlarini kuzatish. So'zga taqlid qiluvchi tovushlardan foydalanib, bu so'zlarni har xil balandlikda va tezlikda, unli (e,i,a,o,u,o') va undoshlar (m, n, b, p, t, d, k, g, f, v)ni to'g'ri talaffuz etishni mashq qildirish. Havoni og'izdan bir tekisda va cho'zib chiqarishni o'rgatish. Bolalarga berilgan savollarga javob berishni o'rgatish, biror voqeani (rasmda ko'rgan yoki eshitgan) so'zlab berishga undash. To'g'ri jumla tuzishlariga etibor berish. Bolalarda ermak va sherlarni aytish ko'nikmasini tarkib toptirish, ularda chiroyli, to'g'ri gapirish ishtiyoqini tarbiyalash. Lug'at ishi Bolalarning so'z boyliklarini buyumlarning nomini anglatadigan otlar (kiyim, idish-tovoq, mebel, o'yinchoqlar), o'simliklar (daraxt, o't, gul va b.), sabzavot (sabzi, karam, sholg'om, pomidor, bodring va b.), mevalar (olma, nok, olcha, limon va b.), uy hayvonlari (xo'roz, tovuq, ot, sigir, it, mushuk va b.), ularning bolalari (jo'ja, toycha, buzoq, kuchukcha va b.) bilan ayrim harakatlarni ifodalovchi fellar (yugurmoq, artmoq, pishirmoq, tayyorlamoq, kir yuvmoq, dazmollamoq, ekmoq va b.) sifatlar (katta, kichik, qizil, sariq, ko'k, zangori, oq, qora, issiq, sovuq, shirin, achchiq, dumaloq) bilan vaqtni belgilaydigan ravishlar bilan (kecha, bugun, ertaga, uzoq, yaqin, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
531.29 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
531.29 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: ppt