Ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi

Ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi - rasmi

Material tavsifi

Ilk yoshdagi bolalarning rivojlanishi va tarbiyasi Reja: 1. Maktabgacha tarbiya davrini yosh bosqichlarga bo'lish va ularning bolaning ruhiy taraqqiyotidagi roli. 2. Ilk yoshdagi bolaning xususiyatlari. 3. Ilk yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi, kun tartibi. 1. Inson hayotida maktabgacha yosh,maktab yoshi davri hamda ijtimoiy yetuklik-katta yosh davri bo'ladi. Bu davrlardan har biri ichida qisqaroq yosh bosqichlari bo'lib, ular inson kamol topishining muayyan, o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Masalan, ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishining vazifasi va mazmuni, vosita va metodlari bu yoshdagi bolalarning nozikligi, yordamga muhtojligi, mustaqil hayotga moslashmaganligini etiborga olgan holda ishlab chiqiladi. Bog'cha yoshiga kelganda bolalarda mustaqillik, hayotga moslashuvchanlik ancha usgan bo'ladi, shuning uchun bu yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini amalga oshirish usullari ham uzgaradi. Bog'cha yoshining oxiriga kelganda bolalarning rivojlanish darajalari ular bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlarini birmuncha murakkablashtirishni taqozo etadi. ta'lim-tarbiya ishining vazifasi, mazmuni va metodini belgilash kishining yosh bosqichlariga asoslanadi. Yosh davrlari kishining rivojlanishidagi zarur bosqichlardir. Shaxsning har bir yosh bosqichiga xos bo'lgan sensor, aqliy, hissiy, irodaviy tomonlari bo'ladi, ular o'rtasidagi o'zaro ta'sir ham uzgaradi, bunday o'zgarish umumiy rivojlanishiga, xulqni boshqarishga ta'sir kursatadi. Ammo umr utishi bilan kishining ruhiy taraqqiyoti ham rivojlanib boraveradi deyish notug'ri bulur edi. Har bir yoshda xam kishining rivojlanishida, ayniqsa bolalikda ta'lim va tarbiya sistemasi, shaxsning faolligi hal etuvchi rolni uynaydi. Ilk yoshdagi bolalar uzining tez jarohatlanishi, nochorligi, kasalga tez chalinishi, yordamga muhtojligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, bu yoshda rivojlanish eng tez suratlar bilan boradi. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlash, ularning sog'lig'ini saqlash va mustahkamlash, hayotini tug'ri tashkil etish tug'risida g'amxurlik qilishni taqozo etadi. Bola ilk yosh davrida emaklash, sirpanish, tortilish, yurish va shu kabi harakatlarni egallab oladi. Har bir harakat, malaka, ko'nikmalarni o'z vaqtida egallab olish bolaning o'ziga xos xususiyatlari va tarbiya sistemasiga boqliq. Masalan, yaxshi parvarish qilingan bolalar shu yoshdagi yomon parvarish qilingan bolalarga nisbatan birmuncha erta yura boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda aqliy tarbiyaning asosi bo'lgan sensor tarbiya, sezgi, idrok,tasavvurlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarning nutqini rivojlantirish shu davrga xos bo'lgan belgilardan biridir. Uch yoshga kelgan bolalar ona tilining hamma tomonlarini egallab oladilar va bundan o'z tengdoshlari va kattalar bilan buladigan muloqotda vosita sifatida foydalanadilar. Bu yoshda o'yin faoliyati, tasviriy va konstruktorlik faoliyati,buyumlar bilan buladigan harakat faoliyatlarining asosiy usullari shakllana boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar o'z-uziga xizmat qilish bo'yicha oddiy malaka va kuniamalarni egallab oladilar, birgalikdagi o'yinlarda bir-birlari bilan muomala shakllariga, qabul qilingan umumiy qoidaga rioya qilingan bo'lib qoladilar. Mana shu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.17 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.17 KB
Ko'rishlar soni 66 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga