Ilm fan va ularning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni Reja: 1.Ilm fan rivoji va intellektual avlod 2. Fan va uni tashkil etish shakllari 3. Zamonaviy ilm fan va uning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni 4. Zamonaviy ilm fan xususiyatlari 5. Ijodiy jamoalarning shakllanishi Ilm fan rivoji va intellektual avlod Tayanch iboralar va atamalar: ilm, fan, fundamental, amaliy, Sh1MIY xodimlar, taqsimlash, rivojlantirish, matematika, astronomiya, kimyo, geodeziya, tibbiyot, geografiya, akademiya, texnika, kibernetika, intellektual asr, sivilizatsiya, telekonferensiyalar, internet. Fan - dunyo haqidagi obyektiv bilimlar majmuasidir. Tarixiy taraqkiyot jarayonida fan jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga aylanib boradi. Fanning vazifasi tabiat, jamiyat va tafakkur haqidagi yangi bilimlar hosil qilishdan to ularni amaliyotga joriy qilishgacha bo'lgan faoliyatini o'z ichiga oladi. Kishi organizmi va ruhiyati hamda intellektual salohiyatini atrof-muhit, bepoyon olam sirlari va rivojlanish mexanizmlarini o'rganib, ulardan kishilik jamiyatining ravnaqi uchun foydalanish ilm-fanning bevosita maqsadidir. Fanning paydo bo'lishi kishilik jamiyatining paydo bo'lishi bilan bevosita bog'liq. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega bo'lgan. taraqqiyot davom etishi asosida qadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrim-ayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo bo'ldi. Elinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolomey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki tizimlar yaratildi. O'rta asrlarda fan rivojiga sharq va O'rta Osiyo olimlari ulkan hissa qo'shdilar. Ular qadimgi fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta etibor berdilar. Shuningdek, ular fanni yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. O'rta Osiyoning buyuk olimlari ilm-fanni yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonun-qoidalarni kashf etadilar. Muhammad Muso al-Xorazmiy matematika, asronomiya, mexanika, tarix, geografiya kabi sohalarda mustahkam poydevor yaratdi. Bugungi kundagi algoritm termini ham ulug' olim Muhammad Muso Al-Xorazmiy nomi bilan bevosita bog'likdir. Ahmad Mirvaziy esa o'sha paytdagi trigonometriya fani rivojiga katta hissa ko'shdi. Abu Nasr Forobiy falsafiy fikrlarni rivojlantirdi, komil inson tarbiyasiga katta etibor berdi. Fozil odamlar shahri asari orqali yaxshilik haqidagi ta'limotlarni tizimlashtirdi, musiqaning matematik nazariyasini yaratdi. Hamid Xo'jandiy, Umar Xayyomlar kub tenglamalar nazariyasini yanada rivojlantirdi. Mahmud Qoshg'ariy o'z davrining qomusiy olimi edi. U Devoni lugati turk asarini yaratdi. Abu Rayhon Beruniy ham qomusiy ilmlar sohibi bo'lgan. U geodeziya, mineralogiya, farmokologiya, kimyo, tarix va shu kabi ko'pgina fanlar bilan shug'ullandi va ular rivojiga munosib hissa qo'shdi. Abu Ali ibn Sinoning tibbiy ilmi bo'yicha ta'limoti dunyoga mashhur bo'ldi va meditsina termini ham ulug' olim nomidan kelib chiqqan. Mirzo Ulug'bek, Ali Qushchi, G'iyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiylar sonlar nazariyasini yanada mukammallashtirdi, falakiyot ilmini rivojlantirib, Mirzo Ulug'bek munajjimlar xudosi Uroniya yonidan joy oldi. Mirzo Ulug'bek ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.27 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
61.27 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: docx