Ilmiy axborotlarni tahlil qilish Reja: Ilmiy - texnikaviy informatsiya va uni izlash. Ilmiy - texnikaviy informatsiyani o'rganish va tahlil qilish. Ilmiy - tadqiqotlar maqsadi va vazifasi. Xar qanday ilmiy - tadqiqot tadqiqot o'tkazilishi muljallanadigan yo'nalishga bagishlangan ilmiy - texnikaviy informatsiyalarni izlashdan boshlanadi. quyidagi hujjatlar ilmiy - texnikaviy informatsiya manbai hisoblanadi: - kitoblar (darsliklar, o'quv qo'llanmalar, monografiyalar, broshyuralar); - davriy matbuot (jurnallar, byulletenlar, institutlardagi ishlar, ilmiy to'plamlar); - me'yoriy hujjatlar (standartlar, texnikaviy shartlar, yuriknomalar, me'yoriy jadvallar, muvakkat ko'rsatmalar va x.k.); - katalog va preyskurantlar; - ixtiro hujjatlari; - ilmiy - tadqiqotlar va tajribaviy konstruktorlik ishlari haqidagi hisobotlar; - informatsion nashrlar; - xorijiy ilmiy - texnikaviy adabiyotlarning tarjima va asl nusxalari; - dissertatsiyalar va avtoreferatlar; - ilmiy - texnikaviy konferensiyalar va ishlab chiqarish yigilishlarining ilmiy - texnikaviy materiallari; - ikkilamchi hujjatlar (referativ sharxlar, bibliografik katalog, referativ jurnallar va boshqalar). Sanab utilgan hujjatlar ulkan informatsiya okimini hosil qiladi, uning surati yildan yilga oshib boradi. Bunda yuqorilama va kuyilama axborot oqimi bir - biridan farqlanadi. Informatsiyaning yuqorilama oqimi ijrochilar (ITI, OUYu, TKB va boshqalar) dan kayd etuvchi idoralarga tomon yunaladi, kuyilama oqim esa bibliografik, referativ sharxlar va boshqa ma'lumotlar ko'rinishida ijrochilarga ularning talabiga ko'ra yunaladi. Yangi ilmiy va ilmiy - texnikaviy ma'lumotlar jadal usib borishi munosabati bilan informatsiya «eskiradi». Chet ellik tadqiqotchilar ma'lumotiga ko'ra, informatsiya kimmatining pasayish jadalligi taxminan bir kunda gazetalar uchun 10 %, bir oyda jurnallar uchun 10 % va kitoblar uchun bir yilda 10 % ni tashkil etadi. Shuning uchun ulkan informatsiya okimida yangi, ilg'or, muayyan mavzuni - masalani xal qilishda ilmiysini topish fakat bitta ilmiy xodim uchungina emas, balki katta jamoa uchun xam murakkabdir. Informatsiya oqimi - tanlangan mavzuni ishlab chiqish uchun zarur hujjatlarni izlash bo'yicha operatsiyalar majmui. U kulda, mexanik tarzda, mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan holda amalga oshirilishi mumkin. Kulda izlash odatdagi bibliografik varakchalar, kartochkalar va nashr ko'rsatkichlari bo'yicha amalga oshiriladi. Mexanik izlashda informatsiya etkazuvchi perfokartalar hisoblanadi. Mexanizatsiyalashtirilgan izlash hisobi perforatsion mashinalarni, avtomatlashtirilgani esa EXMni qo'llashga asoslangan. Informatsiyaviy izlash sistemalarida informatsiyaviy izlash tilining turli talqinlari kullaniladi. Optimal natijaga erishish uchun izlash zarurdir, chunki bunda u yoki bu darajada mavzuni ishlab chikuvchining o'zi ishtirok etadi. Izlashni amalga oshira borib, ishlab chikuvchi izlash kulamini bamisoli tadqiq etadi va o'z informatsiyaviy surovi ifodasini aniklaydi. Ilmiy - texnikaviy informatsiyani o'rganish va tahlil qilish - masalani mavzu bo'yicha ahvolini yoritish, ilmiy - tadqiqot maqsadi va vazifasini isbotlash uchun asosdir. Informatsiya samarali ishlab chiqilishiga erishish (o'rganish, yodda saklab qolish va tahlil) uchun bir kator shartlarga amal ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.74 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.74 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: doc