Ilmiy dalillarning pedagogik izlanishlardagi o'rni Reja: Dalilning falsafiy tahlili. Dalilning muhim tomoni. Pedagogik izlanishlarda dalillarning o'rni. Talqin qilish dalilning muhim unsuri. Ilmiy bilimni rivojlantirishda fan dalillari umumlashtirishning ahamiyati. Dalilning falsafiy tahlili. Ilmiy muammoni qo'yish, uning echimini topish, ilgari surilgan qoidalarni tekshirish uchun ob'ektiv haqiqiyligi aniqlangan bilim zarur. Bu haqqoniy ilmiy bilim ilmiy ijodda tayaniladigan dalil hisoblanadi. N.SHermuxamedova dalillarni ob'ektiv va sub'ektiv asoslarga ko'ra farqlash mumkin, deb ta'kidlab o'tadi. Bizning fikrimizcha, ob'ektiv dalil bu empirik daraja eksperiment va kuzatishlar natijasida olinadi. Sub'ektiv dalil esa mazkur voqea hodisalarning sub'ekt tomonidan nazariy tahlil qilishdir. SHuningdek, dalil ilmiy bilish standartlariga to'la mos keluvchi turli-tuman asoslarga tayanadi. Hatto, u ilmiy bilish chegarasini aniqlab olishga yordam beruvchi ilmiy bilish shakli hisoblanadi. Ilmiy dalil ham olimga yangi, haqqoniy ilmiy bilim olishiga ko'malashuvchi muhim omil hisoblanadi. Ayni shu ma'noda, dalillarni topish, olish va anglab etish ilmiy ijodning uzluksiz jarayon ekanligini belgilaydi. Қаранг: Шермухамедова Н.А. Гносеология - билиш назарияси. - Тошкент: Noshir, 2011.- Б. 179-183. Dalilning muhim tomoni. Dalilning muhim tomoni - borliq yoki uning ayrim xossalari haqida tasavvurning shakllanishiga imkoniyat yaratuvchi borliq to'g'risidagi axborot. Dalilning borliqqa muvofiqligi uni haqiqiy deb tavsiflash imkonini beradi. SHu sababli dalillar fanning empirik asosi, nazariyani tasdiqlash yoki inkor etishning muhim usuli hisoblanadi. Dalil yordamida borliq xolisona, nazariyaga bog'lanmagan holda anglab etiladi. Dalillar eski nazariya doirasiga sig'maydigan, unga zid bo'lgan hodisalarni kashf etish imkonini beradi. Pedagogik izlanishlarda dalillarning o'rni. Talqin qilish dalilning muhim unsuri. Talqin qilish dalilning muhim unsuri bo'lib, u har xil shakllarda amalga oshiriladi. Ilmiy dalil nazariya bilan bilvosita bog'liq. Nazariya yordamida empirik tadqiqotning vazifalari aniqlanadi va uning natijalari talqin qilinadi. Talqin qilish dalil tarkibidan uni shakllantirishning nazariy-metodologik sharti, dalildan kelib chiqadigan nazariy xulosa, uning ilmiy izohi yoki har xil mafkuraviy, ilmiy yoki falsafiy nuqtai nazarlardan amalga oshiriladigan baholash sifatida o'rin oladi. Ilmiy bilimni rivojlantirishda fan dalillari umumlashtirishning ahamiyati. Fanning ko'p asrlik tarixi nafaqat kashfiyotlar tarixi, balki dalillarni nazariy mavhumlashtirish, umumlashtirish yoki tizimga solishning muhim omili hisoblangan fan tilining rivojlanish tarixi hamdir. SHu sababli har qanday dalil belgi-aloqa jihati, ya'ni u tavsiflangan fan tiliga ega bo'ladi. Grafiklar, sxemalar, ilmiy belgilar va atamalar - fan tilining muhim atributlari. Agar ilmiy kashfiyotni odatdagi atamalarda tavsiflashning iloji bo'lmasa, uni idrok etish jarayoni ba'zan uzoq yillarga cho'ziladi. Ilmiy bilimning rivojlanishiga qarab tabiiy tilunda ifodalanayotgan narsalar mazmuniga semantik jihatdan muvofiq emasligi bo'rtib ko'rina boshladi. Tabiiy tili boralarining serma'noliligi, gaplar mantiqiy tuzilishining noaniqligi, til belgilarining ma'nolari kontekst ta'sirida o'zgaruvchanligi, psixologik assotsiatsiyalar - bularning barchasi ilmiy bilishda zarur bo'lgan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
247.37 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
247.37 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: pptx