Ilmiy pedagogik izlanishlarni tashkil etishning prinsip va metodlari Reja: 1. Ilmiy pedagogik izlanish prinsiplari. 2. Ilmiy pedagogik izlanishning metodlar tizimi. 3. Pedagogik izlanishlarni tashkillashtirish metodlari. Asosiy tushunchalar: ilmiy izlanish qoidalari, prinsiplari, metodlar tizmi. Pedagogik izlanishlarda yuqorida aytganimizdek dialektik prinsiplarga asoslanish yaxshi natija beradi. Pedagogik izlanishlar keng qamrovli bo'lgani uchun ham didaktik prinsiplar va dialektik prinsiplarga birgalikda asoslanish yaxshi natija beradi. Dialektik prinsiplar quyidaglardan iborat: 1. Yaxlitlik prinsipi. Pedagogika jarayonlarni o'rganishda yaxlitlik prinspiga amal qilinganda inson tarbiyasi masalalarini to'g'ri tahlil qilishda muvafakiyatlarga erishish mumkin. Maslan: Ta'lim jarayoni yaxlit pedagogik jarayon sifatida o'rganishgina inson tarbiyasi muammosini to'g'ri berishi mumkin. Shuningdek, ta'lim-tarbiyaning barcha bosqichlarida insonni shakllantirish masalasi hal etiladi. Maktabgacha tarbiya, umumiy ta'lim, o'rta maxsus va oliy ta'lim - insonni tarbiyalash maqsadiga xizmat qiladi.Bular orasidagi aloqadorlikni yaxlit tassavvur qilish va o'rganishgina ta'lim tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta'minlashi mumkin. Aks holda ta'lim - tarbiya bo'g'inlari har biri o'zicha ish ko'radigan bo'lsa, ta'lim - tarbiya tizimi komil insonni shakllantirish muammosini to'g'ri hal eta olmaydi. 2. Tizimlilik prinspi. Bu prinsip yordamida, eng avvalo ta'lim va tarbiya jarayonini bir butun tizim deb qaraladi.O'sha bir butun tizimni tashkil etgan asosiy elementlar, komponentlar alohida olib tahlil qilinadi.Har bir element yoki komponent bajaradigan funksiya aniqlab beriladi. Shuningdek, tizim ichida yana alohida tarkibiy qismlar, borligi inobatga olinadi. Xuddi shu asosida ta'lim - tarbiya jarayonining quyi zvenosidan tortib, yuqori pog'onasigacha, har bir etapda bu prinspga amal qilinishi lozim. 3. Sababiyat prinspi. Bu prinsip tasodif yoki zaruriyat,imoniyat va voqelik kabi kategoriyalar orqali ochib beriladi. Har qanday ijtimoiy tuzum tarbiya sohasida o'z manfaati yo'lidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirishni zaruriyat qilib qo'yadi.Ushbu zaruriyat esa ba'zi imkoniyatlarni mavjud bo'lishini talab qiladi.Imkoniyatlarni yetarli yoki yetarli emasligi tarbiyaning maqsad va vazifalarini ro'yobga chiqarishni ta'minlaydi. Imkoniyatlarni hisobga olmasdan qilingan har qanday harakat tarbiya sohasida katta xatolarning kelib chiqishiga olib keladi. (Masalan: maktablarni ixtisoslashtirish sohasidagi harakatlar, 6-yoshlilarni o'qitishga yoppasiga o'tish va hakozolar imkoniyatlarni hisobga olinmasligi oqibatida biror bir natija bermadi). 4. Tarixiylik prinsipi. Bu prinsip har qanday pedagogik tadqiqotlarda tarixiylikka asoslanishni taqozo qiladi.Tarixiy ma'lumotlar xronologik izchillikka o'rganilishi va bayon qilinishi obyektiv xulosalar chiqarishga yordam beradi. Pedagogik tadqiqotlarda bir qancha tadqiqot metodlar tizimidan foydalaniladi. Metod (lotincha-metodos-yo'l so'zidan) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot deb tarjima kilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida metod o'zi keng ma'noda muayyan maqsadga yerishish yo'lini, tor ma'noda - tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani xal yetish usulini bildiradi. Pedagogika fanining metodologik asosi va amal kiladigan negizi O'zbekiston Respublikasining Ta'lim haqidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, I.A. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.53 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: doc