Reja: 1. Tarbiya jarayonida milliy ongning shakllanishi. 2. Tarbiya jarayonining o'ziga xos tomonlari. 3. Ilmiy-pedagogik tadqiqot uslublarining ilmiy manbalarni o'rganishdagi o'rni. 4. Ilmiy - tadqiqot usullari. Shu yili 6 aprel kuni Oksaroyda milliy mafkuraga bagishlangan yigilish bo'lib o'tdi. Unda faylasuf, tarixchi, siyosatshunos, sotsiolog, psixolog, pedagog olimlar katnashdilar. Eng muhimi birinchi navbatda o'quv yurtlarida, oliy o'quv yurtlarida ta'lim-tarbiya olayotgan talabalarimiz uchun o'quv ko'llanmalari, darsliklar tayyorlash, ularni amaliyotga tadbiq qilish bugungi kundagi dolzarb masaladir. Pedagogika fanining bugungi kundagi asosiy vazifasi talaba yoshlarda milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishdir. Yurtboshimiz mustaqilligimizning ilk pallalaridan boshlabok xalqimizning oydin manzillarga jadallik bilan yetishishida yagona milliy g'oya, milliy istiqlol mafkurasining zaruriyatini qayta-qayta ta'kidlab keladi. Yagona milliy g'oya millatni, xalqni ulug maqsad yo'lida birlashtiruvchi, jipslashtiruvchi kudrat ekanligini uktiradi. Prezidentimizning yaqinda e'lon qilingan Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga isxonaman nomli suhbatida turli zararli, yot mafkuralar tahdid solib turgan bugungi kunda mukammal milliy mafkuraning ahamiyati, farzandlarimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirish zaruriyati haqida batafsil to'xtalib, milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasida qanday maqsadlar va qanday ustuvor g'oyalarga alohida e'tibor berish lozimligini aniq va lo'nda ko'rsatib berdi. Ta'bir joiz bo'lsa, suhbatda mafkuramiz konsepsiyasining tugal sharxi istiqlolimizning shijoatli me'mori tomonidan chizib berilgan. Til bilan tafakkurning bog'liqligi, birinchining ikkinchisisiz mavjud bo'la olmasligi sharq falsafasida ham, g'arb falsafasida ham asos nuqtalaridan biridir. Demak, har bir xalqning o'ziga xos tafakkur tarzi ham mavjud. Shuning uchun ham milliy ong, milliy tafakkur, milliy tuyg'u kabi oliy tushunchalar, ming yillardir iste'molda bo'lib kelmokda. Tabiiyki, milliy tafakkur rivojining tamal toshi ona tilidir. Ona tiliga muhabbat, ona tilida sobitlik milliy tafakkur parvozini muntazam ta'min etadigan muqaddas tuyg'ulardir. Milliy mafkuramizdagi o'zak jihatlardan bo'lmish milliy o'zlikni anglash, ya'ni ajdodlarining kim ekanligini teran idrok etish, o'z xalqining jahon taraqqiyotidagi o'rnini chuqur anglash va shu xalqka mansublikdan gururlana bilishi chinakam milliy tafakkursiz mumkin emas. Davlatimiz rahbari ta'kidlaganidek, Milliy mafkura - bu xalqning, millatning o'tda yonmaydigan, suvda cho'kmaydigan o'lmas e'tiqodidir. Ona tiliga muhabbat milliy mafkuramizning ustunlaridan biri sifatida ana shunday e'tiqodning farzandidir. Milliy g'oyaning shakllanishi va rivojlanishi jarayonida olib borilishi lozim bo'lgan davlat siyosati tushunchasi jamiyat hamda shaxsning muhim hayotiy va milliy manfaatlariga zarar keltiradigan turli xavf-xatarlarni aniqlash, oldini olish bilan birga ularni bartaraf etish bo'yicha faoliyatlarni ham o'z ichiga oladi. Talaba yoshlarda milliy g'oya va milliy mafkurani shakllantirishda ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlari ko'l keladi. Metod (lotincha-metodos-yo'l so'zidan) tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot deb tarjima kilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida metod so'zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo'lini, tor ma'noda - tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani xal ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.33 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.33 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: doc