Ilmiy pedagogika ishining tadqiqot metodlari

Ilmiy pedagogika ishining tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ilmiy pedagogika ishining tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Ilmiy pedagogika ishining tadqiqot metodlari. REJA: 1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi nima? 2. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi turlari: -kuzatish metodi; -suhbat metodi; -bolalar ijodini o'rganish metodi; -test, so'rovnoma metodi; -eksperement- tajriba sinov metodi; -statistik ma'lumotlarni tahlil qilish metodi; -matematika- kibernetika metodi. 3. Xulosa. Har qanday fan o'zining ilmiy-tadqiqot metodlariga ega. Bu metodlari orqali o'z mazmunini boyitib, yangilab boradi. Pedagogikaning ilmiy- tadqiqot metodlari qanchalik mukammal, aqlga muvofiq to'g'ri tanlansa ta'lim- tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish shu darajada yaxshilanadi, pedagogika fani ham boyib boradi. Ilmiy tadqiqot metodlariga quyidagilar kiradi: KUZATISH METODI SUHBAT METODI BOLALAR IJODINI O'RGANISH METODI TEST, SO'ROVNOMALAR METODI EKSPEREMENT- TAJRIBA SINOV METODI MAKTAB HUJJATLARINI TAHLIL QILISH METODI STATISTIKA MA'LUMOTLARINI TAHLIL QILISH METODI MATEMATIKA- KIBERNETIKA METODI. Pedagogikaning kuzatish metodi ta'lim-tarbiya jarayonlarining amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun dalillar, omillar yig'ish imkonini tug'diradi. Bu metodni qo'llanish jarayoni ancha murakkab bo'lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini aniqlash, o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro aloqalari, individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo'llaniladi. Tajribalarning ko'rsatishicha, maqsad asosidagi kuzatuv ma'lum reja asosida yig'ilgan dalillarni haqiqiy tahlil qilish, qiyoslash asosida tashkil etilsagina samarali bo'ladi. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig'ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshilash va mukammallashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda pedagogik kuzatish orqali o'quvchilarning fanlarni o'zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi o'zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta'limiy-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish yo'llarini belgilash uchun qo'llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat o'quvchilarning tabiiy faoliyatini, balki ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllanishi, fikrlash jarayoni kuchi, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlil etadi va tegishli xulosalar chiqarishga imkoniyat tug'diradi. Bunday kuzatishlar pedagogika fani mazmuninining boyishiga sabab bo'ladi. KUZATISH METODI Ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to'g'ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat metodidan foydalaniladi. Odatda, suhbat metodi maktab o'qituvchilar va o'quvchilar jamoasi bilan, ota-ona va keng jamoatchilik bilan yakka va guruhli tartibda ish olib borilganda qo'llaniladi. Bunda suhbat metodini tadbiq etishdan oldin maqsadli reja tuziladi, amalga oshirish yo'llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosa chiqariladi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish va uni kerakli tomonga yo'naltira olishni bilishi, suhbatdoshining ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtira bilishi g'oyat muhimdir. Bunda: suhbat uchun oldindan savol tuzish; vaqti va o'tkazish joyini belgilash; suhbat ishtirokchilarining soni va kasblaridan xabardor bo'lishi; suhbat uchun qulay sharoit va erkin gaplashish imkonini yaratish; suhbat natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, qiyoslash, tegishli xulosa chiqarish, lozim bo'lsa qo'shimchalar kiritish va maktab hayotiga tadbiq etish pedagogik jihatdan qimmatlidir. SUHBAT METODI Pedagogik tadqiqot metodlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 55.12 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 55.12 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga