Ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish va yakuniy natijalari Reja: Ilmiy tadqiqot ishlarini nashrlarni zaruriyati haqida Monografiya, dissertatsiya va avtorefarat Ilmiy uslubiy nashlar. Tadqiqot mavzusini tanlash hamda muammoni asoslash. Axborot manbalarini tahlil qilish. Tadqiqotni amalga oshirish rejasini ishlab chiqish. Olg'a surilayotgan ilmiy farazni tekshirib ko'rish hamda asoslash. Muammo dastlabki holati va o'zgarish dinamikasining ko'rsatkichlari Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatlarini shakllantirish bosqichlari Tadqiqotchilikda tajriba-sinov ishlarini o'tkazish metodikasi Ilmiy pedagogik tadqiqotlarni rasmiylashtirish Ilmiy tadqiqotchilik hujjatlarini tayyorlash. Ilmiy pedagogik tadqiqotlar asosidagi ilmiy ishlarni himoya qilish Ilmiy tadqiqot ishlarini nashrlarni zaruriyati haqida Ta'lim-tarbiya bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o'tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo'nalishlari shu faoliyatda ko'zda tutilgan maqsadlarni to'liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga, ya'ni texnologiyalarga aylanib bormoqda. Xuddi shu kabi hozirgi vaqtda ta'lim-tarbiya sohasida ham ta'lim texnologiyalariga amal qilish va shu bo'yicha ilmiy uslubiy tadqiqotlar olib boorish boshlandi. Vaqt o'tishi bilan pedagogik texnologiyalarni qo'llash darajasi kengayib borishi natijasida mazmuni ham tegishlicha o'zgarib bordi. 1979 yilda AQSHning pedagogik texnologiyalar va kommunikasiyalar assosiasiyasi pedagogik texnologiyalar ma'nosi to'g'risidagi bahs-munozaralarga yakun yasab, ularning rasmiy ta'rifini e'lon qildi: Pedagogik texnologiya odamlarning g'oyalarni, bilimlarni o'zlashtirishi, ta'lim olishni rejalashtirish, ta'minlash, baholash va boshqarish faoliyatini tashkil etish vositalarini o'z ichiga qamrab olgan majmuaviy integrativ jarayondir. Yuqorida keltirilganlardan xulosa shuki, pedagogik texnologiyalarning asosiy tushunchasi, o'quv jarayoniga majmua sifatida yondashishdir. «Bunda ta'lim-tarbiya ishtirok etuvchi barcha narsa va hodisalar o'zaro funksional bog'liqlikda bo'lib, bir butunlikni, ya'ni majmuani tashkil qilad1i3.1 Pedagogik jarayon majmuining muayyan bir vaqt mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi pedagogik texnologiya deyiladi». Fan-texnikani yuksak taraqqiyoti tufayli texnologiya tushunchasi ham takomillashib va mazmunan chuqurlashib borgan. Patent, lisenziyalar sotiladigan va sotib olinadigan bo'lgach, texnologiya deganda tayyor mahsulot olish, xom ashyo va materiallarga ishlov berish usullari, bajariladigan ishlarning ketma-ketligi va qanday tarzda bajarilishi haqidagi hujjat ham tushuniladigan bo'ldi. Masalan, sanoatda ishlab chiqariladigan mahsulot, aytaylik detali loyihalaganda qanday materialdan tayyorlanadi, shakli qanday bo'ladi, buning uchun standart belgilari, chizmalarga ulardagi o'lchamlarni aniqlash va boshqa talablar aks ettiriladi. Fan-texnika taraqqiyoti Texnologiyani fan sifatida ham o'rganishni va ilmiy uslubiy tadqiqotlar olib borishni obyektiv zururiyat qilib qo'ydi. Buni o'z navbatida ilmiy uslubiy nashrlarda e'lon qilinib kelinishi ilmiy tadqiqotlarni bahs munozaralarni kekb, chiqishiga sabab bo'layapdi. Oliy maktab o'qituvchisining innovasion faoliyati oliy maktab pedagogikasining bosh muammolaridan biri bo'lib, u bo'yicha ilmiy uslubiy tadqiqotlar olib boorish, tadqiqotlar natijalarini ilmiy uslubiy nashrlarda e'lon qilib borish zaruriyatga aylandi. Innovasiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I. Prigojin innovastiya deganda, muayyan ijtimoiy birlikka - ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
168.72 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
168.72 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: doc