Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bosqichlari va uni amalga oshirish yo'llari Reja: 1. Ilmiy tadqiqot muammosining qo'yilishi 2. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishning algoritmik bosqichlari 3. Ilmiy tadqiqot turlari va usullari 5. Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirish Ilmiy tadqiqot muammosining qo'yilishi Tayanch iboralar va atamalar: muammo, muammoni izlash xususiy muammolarni ko'yish, rejalashtirilgan tadqiqot, nomalumlarni cheklash, variant, ilm-fan, mavzuning dolzarbligi, ilmiy, ilmiy-metodologik, texnologik, texnikaviy, ilmiy xodimlar, mutaxassislar. Muammo - ilmiy tadqiqot ishidagi yechimi talab kilinadigan nazariy va amaliy masala bo'lib, u mavzuning dolzarbligi asoslanishi assosida shakllantiriladi, yani ilmiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-metodologik jiqatdan tadqiq etiladigan masaladan iborat bo'ladi. Muammo ilmiy tadqiqot ishida shunday jarayonki, u mavzu dolzarbligi va ishchi gipoteza asosida ifodalanadi va to oxirgi yechimga etib bormaguncha u haqda to'liq bilimga ega bo'la olmaymiz, ammo shuni bilamizki, u ilm-fan rivoji va jamiyat talabi bilan paydo bo'ladi. Demak, u sababsiz paydo bo'lmaydi, ular doimo mavjud ilmiy salohiyat va ilmiy ishlanmalar asosida paydo bo'ladi hamda ular muntazam ravishda takomillashib, rivojlanib boradi. Ilmiy tadqiqot ishi davomida muammoni to'g'ri qo'yish va unga moe tadqiqot maqsadini aniqlash muhim bosqich hisoblanadi. Muammo qo'yilishida mavjud bilimlar asosida maqsadga erisha olmaslik haqidagi bilimga ega bo'lib, unga ilgarigi bilimlar asosida tubdan yangicha yondashuvni qila olishlik, yani yangi qonuniyatni ochish imkoni bilan bog'liq ishchi farazni to'g'ri ifodalay olish muhim ahamiyat kasb etadi. Odatda, bu yangi bilim amalda jamiyatga zarur ekanligi faraz qilinadi. Muammo qo'yilishida quyidagi bosqichlarga etibor berish lozim; muammoni izlash; xususiy muammolarni ko'yish (muammo yechimiga erishish uchun maqsadlar ketma-ketligini ifodalash); muammoni yechish. Muammoni izlash. Malumki, ilm-fan sohalari hamda tarmoqlari ko'p va tabiiyki, ularga moe muammolar ham etarli. Ko'pincha ilmiy, ilmiy-metodologik, texnologik va texnikaviy muammolar ilmiy xodimlar va mutaxassislarga yaqhol sezilib turadi. Shu sababli ham, ularni izlashga katta mehnat sarf qilinmaydi. Muammoni izlash va tanlab olishda quyidagilarga etibor berish lozim: qo'yilgan muammoni echmasdan belgilangan yo'nalishda metodni, metodologiyani, texnologiyani va texnikani yanada rivojlantirish va takomillashtirish mumkinmi? rejalashtirilgan tadqiqot ilm-fanga va ta'lim - tarbiyani rivojlantirishga aniq qilib nima berishini aniqlash; rejalashtirilgan tadqiqot natijalari asosida olinadigan yangi qonuniyat nimasi bilan usul, vosita va ilm hamda texnika-texnologiyalardan oldin mavjudlaridan yangi va ko'proq amaliy bahoga egaligini aniqlash. Xususiy muammolarni qo'yish. Yuqorida kayd etilganidek muammoni to'g'ri va aniq ko'yish, tadqiqotni maqsadi va vazifalarini to'g'ri aniqlash, tadqiqot ko'lamini belgilash va ular asosida tadqiqot manbaini aniqlash ilmiy tadqiqot ishining muhim bosqichlaridir. Bunda, ayniqsa, bosh muammoni to'liq ifodalashga imkon beruvchi xususiy muammolar va ular ketma-ketligini hamda aloqadorlik qonuniyatlarini ilmiy talqin qila bilish ham ilmiy tadqiqot ishini olib borishda muhim ahamiyat ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
69.48 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
69.48 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: docx