Ilmiy tadqiqot mavzularini asoslash metodologiyasi va ilmiy tadqiqotda axborot izlash va qayta ishlash

Ilmiy tadqiqot mavzularini asoslash metodologiyasi va ilmiy tadqiqotda axborot izlash va qayta ishlash

O'quvchilarga / Pedagogika
Ilmiy tadqiqot mavzularini asoslash metodologiyasi va ilmiy tadqiqotda axborot izlash va qayta ishlash - rasmi

Material tavsifi

Ilmiy tadqiqot mavzularini asoslash metodologiyasi va ilmiy tadqiqotda axborot izlash va qayta ishlash Reja: Ilmiy yo'nalish, uning strukturasi va ilmiy muammo, unga qo'yiladigan uslubiy hamda me'yoriy talablar Ilmiy tadqiqot mavzusi va samaradorligini baholash Ilmiy tadqiqot ishlarini asosiy bosqichlari Ilmiy axborot tushunchasi, axborotni izlash va o'rganish Fakt tushunchasi va tadqiqotda faktlar va ilmiy adabiyot bilan ishlash Ilmiy yo'nalish, uning strukturasi va ilmiy muammo, unga qo'yiladigan uslubiy hamda me'yoriy talablar Hozirgi zamon fan murakkab tizimlar, unsurlar va ko'p bosqichli faoliyat turlari kompleksini tashkil qilib, uning yadrosi bo'lgan ilmiy tadqiqotni o'zi ham bir qator strukturaviy epistemologik (bilishga doir) birliklarga bo'linadi. Xususan, ilmiy tadqiqotda yo'nalish, maqsadli dasturiy izlanish kompleksi, muammo va mavzuni farqlaydilar. Ilmiy yo'nalish fannig ma'lum tarmog'ida ilmiy jamoa tomonidan olib borilayotgan, biron-bir yirik fundamental yoki nazariy-texnologik muammoni xal etishga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot sohasidir. Fanda sohaviy bo'linish nisbatan mustaqil ilmiy izlanish tarmoqlarini hosil bo'lishiga olib keladi. Masalan psixologiyada umumiy psixologiya, amaliy psixologiya, muhandislik psixologiyasi, yoshlar psixologiyasi va boshqalar. Fanning tarmoqlarga bo'linishi asosida tadqiqot predmeti doirasidagi yangi o'rganilmagan masalalarni kiritish, olingan natijalarni esa amaliyotga keng tatbiq qilish zaruriyati yotadi. Fan tarmoqlarida kadrlar, ilmiy va texnologik imkoniyatlar birlashtiriladi, yig'ilgan potensial shoxobchalanib borayotgan ilmiy yo'nalishlarni rivojlantirish uchun taqsimlanadi. Ilmiy yo'nalish ilmiy jamoa va ilmiy maktablar faoliyati sohasidir. Bu soha o'zini ma'lum dasturiy va tematik (bir-biri bilan bog'langan mavzular «daraxtiga») yo'naltirilganligi bilan ajralib turadi. Masalan, matematikada topologik tadqiqotlar yo'nalishi, fizikada qattiq jismlar strukturasini tadqiq qilish yo'nalishi, psixologiyada yoshlar psixologiyasini o'rganish yo'nalishi, Markaziy Osiyo tarixida Qadimgi Xorazm sivilizasiyasini tadqiq qilish yo'nalishi va boshqalar. Ilmiy yo'nalishning strukturaviy birliklari - bu kompleks tadqiqot dasturlari, muammolar, mavzular va masalalardir. Kompleks tadqiqot dasturi bir maqsad atrofida birlashtirilgan tarmoqlararo nazariy va ilmiy - texnologik tadqiqotlar, tavsiyalar va amaliy choralar tizimidir. Murakkab ijtimoiy va ilmiy muammolarni hal qilish maqsadida turli sohalarda ishlaydigan mutaxassislar ishtirokida kompleks tadqiqot dasturi ishlab chiqiladi, uni amalga oshirishda bir qancha ilmiy muassasalar va jamoalar jalb qilinadi. Xususan, biron - bir shahardagi ekologik vaziyatni xar tomonlama tadqiq qilish va zarur tadbir-choralarni rejalashtirish, shahar transporti va kommunikasiyasi tizimini takomillashtirish, mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejasini ishlab chiqish kabi masalalar va tadbirlar tizimi tarmoqlararo tadqiqot dasturi turkumiga kiradi. Ilmiy muammo-izlanishning katta sohasini qamrab olgan va samarali istiqbolga ega bo'lgan murakkab masaladir. Muammoni qo'yishda quyidagi savolga javob berish kerak: «Nimani o'rganish kerak, nima tadqiq qilinmagan? ». Javob berish jarayonida bizda ma'lum bilim hosil bo'ladi. Demak, muammo biz bilmagan narsa haqidagi bilim, bilish shakli ekan. Tavsiflangan ilmiy muammo tadqiqotni maqsad tomon yo'naltiradi. Muammoni muammoli vaziyat vujudga keltiradi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.55 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.55 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga