Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari Reja: Fan-bilim, faoliyat va institut sifatida. Ijodiy jarayonning jamiyat taraqqiyotidagi o'rni. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi «Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Fan-bilim, faoliyat va institut sifatida Fan - inson faoliyati sohasi bo'lib, uning vazifasi borliq haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomondan tizimlashtirish hisoblanadi. Fanning asosiy maqsadi -xolis dunyoni ya'ni borliqning nazariy aksini bilish va tabiatga jamiyat uchun foydali natijalar olish maqsadida ta'sir ko'rsatishdan iboratdir. Fan - bu rivojlanuvchi, o'suvchi bilim tizimi, insonning atrof olamni surunkali o'zlashtirishiga, o'zini qurshagan voqyelikning borlig'i haqida aniq va teran axborot olishi, bunday axborotni saqlash, qayta ishlash va undan foydalanishiga yo'naltirilgan ijtimoiy ongning alohida shaklidir. Fan ilmiy tushuncha, tamoyil, aksioma, ilmiy qonun, nazariya, faraz, empirik ilmiy fakt, uslub, usul va tadqiqot yo'llari tarzidagi uzluksiz rivojlanib boruvchi bilimlar tizimidir. Shuningdek, uni bilimlarning mazkur tizimlarini yaratish va rivojlantirishga yo'naltirilgan insonlarning ilmiy faoliyati, ijodini ilmiy mehnat obyektlari, vositalari va faoliyat sharoitlari bilan ta'minlovchi muassasa sifatida keng ma'noda tushunish maqsadga muvofiqdir. Bakalavriatni bitirib magistraturaga o'qishga kirgan magistrantlar «Katta fan» deb atalgan dargohga ilk qadam qo'yadilar. Undagi muammolar va bilimlarni o'rganish tarzi ta'lim tizimining quyi bosqichlarida mavjud bo'lgan ilmlarni o'zlashtirish shakllaridan nima bilan farq qiladi? Mazkur savollarni ko'rib chiqishdan maqsad fan va ilmiy tadqiqot to'g'risida konkret tasavvur hosil qilishdir. Ma'lumki, fan sohasida endigina faoliyat ko'rsatayotgan yosh mutaxassis yetarli darajada bilimlar majmuiga ega bo'lishi kerak. Bunday majmuani tashkil qilgan bilimlar banki quyi ta'lim bosqichlarida yaratildi. Xususan, maktabda o'quvchilar tabiat, jamiyat va inson olami, atrofdagi turli hodisalar va qonuniyatlar haqida ilmiylik xislatiga ega bo'lgan dastlabki tayanch tushuncha va tasavvurlarni o'zlashtirib oladilar. Bakalavriat bosqichida talaba tanlab olgan fan yo'nalishiga doir asosiy tushunchalar, g'oyalar va tamoyillarni o'rganib oladi, uning ongida nazariya va ular birligini namoyon etgan tizimli bilim shakllanadi. Bunday bilim nisbatan sodda struktura va xossalarga ega bo'lgan tuzilmalarni o'rganish va tushunish, hayotimizga kirib kelayotgan yangi buyumlar, texnik vosita va moslamalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga o'quvchi ham, bakalavr ham oldin yaratilgan va darsliklarga kiritilgan tayyor bilimlar bilan ishlaydi, o'qish jarayonida elementar uslubiy qoida va tamoyillarga tayanib u predmetga (fanga) oid savollar ustida mulohaza yuritadi. Magistratura ta'lim tizimida «nima», «nima uchun», «qanday qilib» kabi faktual, nazariy va amaliy-texnologik masalalar ilmiy muammoga aylanadi. Buning ma'nosi shuki, endi izlanishda u yoki bu hodisa qanday sharoitda, nima sabablarga ko'ra sodir bo'ladi, belgilovchi xossalar qanday qiymatlarga ega, olingan natijani texnologiyada tatbiq qilish istiqboli bormi, kabi murakkab nazariy va amaliy muammolar bilan shug'ullanishga to'g'ri keladi. Mana shunday muammolar ustida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.84 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 66.84 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga