Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish va joriy qilinishi Reja: Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish Dissertasiya va unga qo'yilgan talablar Magistrlik dissertasiyasini mazmuni, tarkibiy qismlari va rasmiylashtirish qoidalari Ilmiy tadqiqot natijalarini rasmiylashtirish Ilmiy tadqiqotning mas'uliyatli bosqichini olingan natijalarni rasmiylashtirish tashkil qiladi. Katta fanga qadam tashlagan yosh tadqiqotchi qo'lga kiritgan izlanish natijalarini Oliy ta'lim muassasi hukmiga taqdim qilishdan oldin ilmiy ishlarni rasmiylashtirish qonunqoidalari bilan batafsil tanishib chiqishi va ularni o'zini faoliyatida tatbiq qilish lozim. Bajarilgan tadqiqot, uning natijalari davlat attestasiyasi to'g'risidagi Nizom, qabul qilingan standart va qoidalar asosida rasmiylashtirilgandan keying mutasaddi tashkilotlar tomonidan tan olinadi. Rasmiylashtirilgan ish ijtimoiy qadriyat va intellektual mulkka aylanadi. Ilmiy tadqiqot natijalari dastlab qo'lyozma huquqida bo'lgan hisobot shaklida tayyorlanadi. Keyinchalik hisobot materiallari turli matbuot organlarida chop qilinadi. Amaliy va nazariy jihatdan muhim hisoblangan, o'zida yangilikni saqlagan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy va ilmiy-amaliy anjuman materiallari shaklida chop etiladi. Bunda bir qator uslubiy talablarga rioya qilish lozim. Xususan, materialni bayon etish aniq, izchil va tizimli bo'lishi kerak. Qo'lyozma matni abzaslarga bo'linadi. Abzas satr boshi bo'lib, u 5 ta harf joyi tashlangandan keyin boshlanadi. Har bir abzas bir yoki bir nechta hukmlarda ifodalangan mustaqil fikrni o'z ichiga oladi. Bir butun abzas stalistik va mantiqiy izchillikni ta'minlaydi, o'qishni osonlashtiradi. Matnda qaytarishlar bo'lmasligi lozim, faqat bir fikr tugallangandan keyin boshqa ma'noga ega bo'lgan fikrga o'tiladi. Jumla va iboralar qisqa, tushunarli va aniq tarzda yoziladi. Tadqiqot predmetiga oid mavjud nuqtai nazarlar tanqidiy tahlil asosida xolisona ko'rib chiqiladi. Matnni raqamlar va ixtiboslar bilan to'ldirib yuborish tavsiya etilmaydi, bu diqqatni asosiy masaladan chetga tortadi. Ixtibos (matnda keltirilgan asos) adabiyoti va manbai aniq ko'rsatiladi. So'z qisqartmalari standart simvollar orqali beriladi. Masalan, 10 tonna 10 tn yoki 10 t. emas, faqat 10 t (nuqtasiz) shaklida yoziladi. Bunday standart iboralar va qisqartmalar haqidagi ma'lumot barcha qomusiy va ixtisoslashgan lug'atlarda mavjud. Har qanday tugallangan ilmiy ish natijalarini matnga tushirish ma'lum kompozisiya (tuzilma) asosida amalga oshiriladi. Bunda birinchi navbatda mantiqiy izchillik va strukturaviy ketma-ketlikka e'tibor berish kerak. Hisobot, risola yoki maqola yozishda quyidagi strukturaga rioya qilinadi. Oldin ishni nomi belgilanadi. Ishni nomi sar varaq hisoblangan 1betga olib chiqiladi. Shu betda muallif yoki mualliflar familiyalari, lavozimi, vaqt, muassasa va shahar nomlari yoziladi. Ishni nomi imkoniyat darajasida qisqa, aniq bo'lishi va bajarilgan ish mazmuniga mos kelishi kerak. Sar varaqdan keyin mundarija joylashtiriladi. Mundarijada ishning barcha bo'limlari va qismlari (boblar, paragraflar, raqamlar bilan ifodalangan sahiyaalar), ularning nomlari belgilanadi. Ishni kirish qismida tanlangan mavzu dolzarbligi, belgilangan vazifalarni maqsad va mazmuni asoslanadi, tadqiqot obyekti va predmeti, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.59 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.59 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: doc