Ilmiy tadqiqot vositalari va usullari fanning yangilikni yaratish va tekshirishdagi roli

Ilmiy tadqiqot vositalari va usullari fanning yangilikni yaratish va tekshirishdagi roli

O'quvchilarga / Pedagogika
Ilmiy tadqiqot vositalari va usullari fanning yangilikni yaratish va tekshirishdagi roli - rasmi

Material tavsifi

Kirish. Ilmiy tadqiqot vositalari va usullari faning yangilikni yaratish va tekshirishdagi roli Reja: 1. Ilmiy tadqiqot vositalari va usullari fanining maqsadi. 2. o'zgartirib beruvchi va sezuvchi datchiklar. 3. Elektrik bo'lmagan kattaliklarni elektr usullari bilan o'lchash o'lchashdagi blok sxemalar. 1. Ilmiy tadqiqot vositalari va usullari (ITVU) fanining maqsadi. Yengil sonoatda ko'pincha masalalar murakkab ko'p faktorli tajribalarni amalga oshirishni, bunda texnologik jarayonlarni aniq bajarib sifatli kattaliklarni µamda texnologiyani etarlicha aniq bajaruvchi jihozlar va mashina-uskunalarni optimal(muqobil) tuzilishni va sozlanganligini talab qiladi. Ko'pincha ilmiy ishlarni hamda lozim bo'lgan masalalarni aniq va kam xarajatlar bilan amalga oshirish kerak bo'ladi. Bu esa matematik rejalash usullarini va matematik tahlil usullarini qo'llashni talab qiladi. Bunda tajriba o'tkazish nazariyasi eksperimentatordan (tajriba o'tkazuvchidan) quyidagi sovollarga javob olishni talab qiladi: 1. Qo'yilgan muammoni yechish uchun tajribani qanday tashkil qilish va o'tkazish kerak; 2. Tekshirilayotgan obyekt µaqida eng ko'p axborot olish uchun, qanday qilib tajriba natijalarini ishlash va tahlil qilish kerak; 3. Tajriba natijalari asosida tekshirilayotgan obyekt µaqida qanday xulosa chiqarish kerak. Bu masalalarni xal qilish uchun tajriba o'tkazuvchi tajriba texnikasi va uni o'tkazish nazariyasini yaxshi bilishi kerak. Demak, ITVU, yani Ilmiy tadqiqotlar nazariyasi va tajriba texnikasi fani kerakli axboroti yig'ish va tahlil qilish, ilmiy izlanish masalasini qo'yish hamda uni o'tkazish, olingan natijalarni ishlash, umumiy xulosa chiqarish, natijada ilmiy ish hisobotini yozish, uning asosida jurnallarda axborot va maqolalar elon qilish kabi masalalarni xal qilishni o'rgatadi. 2. o'zgartirib beruvchi va sezuvchi datchiklar. Tajriba o'tkazilayotganda o'lchanishi, tekshirilishi, kuzatili-shi lozim bo'lgan kattaliklarni ko'rish, kuzatish, o'lchash va yozish uchun qandaydir pribor va sezuvchilarni qo'llash kerak. Sezuvchilar (datchiklar) yordamida tajriba signallari o'lchanishi mumkin bo'lgan kattalikka aylantirib kuzatiladi, yoziladi va o'lchanadi. Tajriba o'tkazishda keng tarqalganlardan noelektrik kattaliklarni elektrik usullar bilan o'lchashdir. Bunda tenzometrik o'zgartirgichlar (tenzorezistorlar) keng qo'llaniladi. Ularga simli,folgali yoki yarim o'tkazgichli o'zgar-tirgichlar kiradi. Tajriba o'tkazilayotganda ularda mexanik defor-matsiya ta'sirida aktiv qarshilik o'zgaradi. Tenzorezistorlarni asosiy xarakteristikasi bo'lib, nisbiy tenzosezish koeffitsenti µisoblanadi, yani K=(RR)(ll) (1) bu yerda R=p- cimning qarshiligi; r-simning solishtirma zichligi; l- simning dastlabki uzunligi; S-simning dastlabki kesim yuzi; R-sim qarshiligini o'zgarishi. l-cim uzunligining o'zgarishi; (2) Agar= -2 ekanligini hisobga olsak (1) tenglama quyidagicha yoziladi. (3) bo'lganligi uchun K=1+2 =0,24-0,4- o'zgartirib beruvchi bajarilgan metall materiali uchun Puasson koeffitsenti. Unda sezgirlik koeffitsenti K=1,48-1,8 bo'ladi. Ko'pgina metallar uchun nisbiy cho'zilish qiymati va sezgirlik koeffitsenti K=0,5-4 bo'lganligi uchun qarshilikning nisbiy o'zgarishi dan oshmaydi. Quyida simli va folgali o'zgartirib beruvchilarni sxemalarini keltirilgan (Rasm-1 a,b). Ular 1 asos, ularni orasidagi simli panjaralar 2 va ularga qalaylab biriktirilgan 3 ulagichlardan tashkil topgan. Rasm-1. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.18 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:05 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.18 KB
Ko'rishlar soni 35 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga