Termiz davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya mutaxasissi 1-kurs magistranti Choriyev Hamidning ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanidan tayorlagan taqdimoti Ilmiy tadqiqot yo'nalishini tanlash va ilmiy muammo. tadqiqot olib borish jarayonini tashkil etish Reja: 1.Tadqiqotni loyihalash fazasining konseptual bosqichi. 2.Tadqiqot turlarini ularning yo'nalishlari bo'yicha tasniflanishi. 3.Yangi ilmiy natijalarni olish variantlari. 4.Ilmiy tadqiqotning refleksiv fazasi. 5.Ilmiy yo'nalish, muammo va mavzuning farqlari. Muammo - bu yechilishi lozim bo'lgan masala yoki vazifa. Muammoni qo'yish hali anglab etilmagan narsa yoki hodisaning mavjudligini anglatadi. Ayni vaqtda bu narsa yoki hodisa muayyan tarzda tavsiflangan, ajratilgan, ya'ni u haqida muayyan boshlang'ich bilim mavjud bo'lishi lozim. Shunday qilib, muammoni bilish - bu alohida turdagi bilim: u «bilmaslik haqidagi bilim»dir. Amaliyotda (ishlab chiqarish, ijtimoiy, tibbiy amaliyot va hoka'zolarda) va fanning o'zida yuzaga keluvchi muammoli vaziyatlar ilmiy muammolarning manbai hisoblanadi. Olim muammoni baholashi va u shug'ullanishga arziydimi, degan savolga javob berishi juda muhimdir. Predmetli bilimdan farqli o'laroq, muammolar haqiqiy ham, soxta ham bo'lishi mumkin emas. Ammo ularni boshqa mezonlar - muhimlik, dolzarblik, yechish mumkinligi (tadqiqotchilarni odatda muammoni mazkur vositalar bilan va mazkur muddatda yechish mumkin yoki mumkin emasligi to'g'risidagi masala juda qiziqtiradi) nuqtai nazaridan baholaydilar. Muammoni qo'yish - har qanday ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi. Ammo muammo qo'yilganidan so'ng uni yechish metodlarini topish talab etiladi. Har bir fan doirasida uning tadqiqot obyektlariga moslashtirilgan maxsus metodlar ishlab chiqiladi (masalan, fizikada - qo'lamlarni tahlil qilish metodi, biologiyada -qushlarni halqalash metodi, psixologiyada - testlash metodi, sotsiologiyada - anketa so'rovi metodi, tilshunoslikda - tillarni qiyosiy tahlil qilish metodi va h.k.). Shu bilan bir vaqtda hozirgi zamon fanida metodlarni bir fandan boshqa fanga ko'chirish ulkan ahamiyatga egadir (masalan, fizik metodlardan kimyoda (spektroskopik metod), biologiya va tibbiyotda (rentgenoskopiya metodlari), tarixda (radioaktiv tahlil metodi) foydalanish, matematik metodlarni tabiatshunoslikda va ijtimoiy fanlarda qo'llash). Muammo - bilishning rivojlanish jarayonida obyektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo'lgan masala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda - biron-bir hodisalar, obyektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko'rinishida amal qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir. Muammoni to'g'ri qo'yish uni muvaffaqiyatli yechishning muhim shartidir. To'g'ri qo'yilmagan muammo yoki soxta muammo haqiqiy muammolarni yechishdan chalg'itadi. Muammo to'g'ri qo'yilgan deb hisoblanishi uchun: 1) o'rganilayotgan muammoning tarkibiga kiritish mumkin bo'lgan muayyan ilmiy bilim (ma'lumotlar, nazariya, metodika) mavjud bo'lishi; 2) muammo shaqlan to'g'ri tuzilgan bo'lishi; 3) muammo o'rinli bo'lishi, ya'ni uning asoslari soxta bo'lmasligi; 4) muammo muayyan darajada chegaralangan bo'lishi; 5) yechimning mavjudlik sharti ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.33 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.33 MB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: pptx