Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish asoslari

Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish asoslari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish asoslari - rasmi

Material tavsifi

Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish asoslari Reja: Oliy maktabda ilmiy tadqiqot ishlari tizimi Tadqiqotchilik malakalarini egallash texnologiyasi Tadqiqotchilik faoliyatini shakllantirish jarayonida bajariladigan ishlar Ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga kompleks yondashuvlar Ilmiy tadqiqot ishlariga yo'naltirish. Ilmiy tadqiqot ishlarida bilim saviyasini ahamiyati. Tadqiqotchilarni intellektual jihati. Ilmiy tadqiqot manba va ma'lumotlarini muamoli tahlili Ilmiy tadqiqot manba va ma'lumotlarini vaziyatli tahlili Ilmiy tadqiqotning vaziyatli tahlilni vaziyatning murakkablik parametrlari Oliy maktabda ilmiy tadqiqot ishlari tizimi Oliy maktabda o'qituvchi va talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari tizimi kadrlar tayyorlash milliy dasturidagi amalga oshirish ishlari bilan uzviy bog'liqdir. O'zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash mil liy modelining tarkibiy qismlaridan biri fan - yuqori malakali45 muta xasislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun qo'yidagilar zarurligi milliy dasturda belgilangan: - ilg'or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o'zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsion loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish yo'li bilan ilm- fanning ta'lim amaliyoti aloqasini ta'minlash; - ilg'or axborot va pedagogik texnologiyalarning joriy etish uchun eksperimental maydonchalar barpo etish orqali ilmiy tadqiqot natijalarini o'quv tarbiya jarayonida joriy etish mexanizmini ro'yobga chiqarish; - yuqori malaka kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodini har tomonlama qo'llab - quvvatlash; - talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar, stipendiyalar ta'sis etish, yoshlar ilmiy-texnika ijodiyotining doimiy ishlaydigan ko'rgazma va ekspozitsiyalarini tashkil etish. Oliy ta'limning davlat ta'lim standartida bakalavriat va magistratura ta'limiga qo'yilgan umumiy malaka talablari qatorida qo'yidagilar belgilangan: - o'z ustida mustaqil ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish; - ilmiy va ilmiy - texnik axborot ishlash ko'nikma va malakalarini shakllantirish; - ilmiy ijodiyot metodologiyasi, bilishning umumiy usullari, emperik va nazariy tadqiqot usullari, qonunlar, qoidalar mantig'ini asoslash va inkor etish yo'llariga doir bilimlarni egallash. Oliy ta'limda professor o'qituvchilar, yosh olimlar, magistrlar, iqtidorli talabalar kafedrada reja asosida ilmiy izlanish orqali ilmiy tadqiqot ishlari olib boradilar (Rasm-4). Magistratura ta'limining ilmiy faoliyat bloki, ilmiy tadqiqotlar metodologiyasini o'zlashtirishni, ixtisoslashgan ilmiy va ta'lim metodologiyasini o'zlashtirishni, ixtisoslashgan ilmiy va ta'lim muassasalarida talabalar muayyan ilmiy tadqiqot va ilmiy - pedagogik ishlarni nazarda tutadi. O'zbekiston ijtimoiy ishlab chiqarish, madaniy-ma'rifiy sohalarda jahonning rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi uchun mehnatni ilmiy asosda tashkil etish lozim. Xalq xo'jaligining barcha tarmoqlari, madaniyat, ma'naviyat, ta'lim sohalarida mehnatni ilmiy tashkil etish hayotiy zaruratga aylandi. SHuningdek, pedagogik xodimlar mehnatni ham ilmiy asosda tashkil etish davr talabidir. Bu, avvalo, barcha ishlarni aniq va puxta uyushtirish, ta'llim-tarbiya ishlarini tashkil etishga ilmiy yondashish demakdir. Bo'lajak mutaxasislar oliy ta'lim muassasasida o'qish davrida faqat fan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 108.56 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 108.56 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga