Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari

Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari - rasmi

Material tavsifi

Ilmiy tadqiqotda modellashtirish va nazariy tadqiqot usullari Reja: Ilmiy tadqiqotda modellashtirish. Model tushunchasi, modelashtirish va uning turlari Matematik va kompyuterli modellashtirish Nazariy tadqiqot usullari. analiz va sintez analogiya va gipotetik usul v) gipotetik usul g) formallashtirish usuli d) mavhumlashtirish va umumlashtirish usuli Ilmiy tadqiqotda modellashtirish. Model tushunchasi Tadqiqotning muhim usullaridan biri modellashtirish usulidir. Bu usul ham empirik, ham nazariy izlanish darajalarida, tabiiy, texnik va ijtimoiygumanitar fanlarda qo'llaniladigan umumilmiy usuldir. Modellashtirish usuli har qanday, atomdan tortib, to inson, jamiyat va kosmik tizimlargacha bo'lgan obyektlarni samarali tadqiq qilish imkoniyatini beradi. Modellashtirishda obyekt, uning qiziqish o'yg'otgan xossasini nusxasi, o'xshash timsoli ishlab chiqiladi. Obyektning o'rindoshi bo'lgan bu model o'rganiladi, olingan ma'lumot obyekt haqida bilim beradi yoki mavjud bilimga yangi faktlar, tasavvurlar va g'oyalar qo'shadi. Demak, modellashtirish usulidan foydalanishni asosida modelni qurish va uni tadqiq qilish yotadi. «Model» atamasi lot. modulus, frans. modile so'zlaridan olingan bo'lib, me'yor, namuna ma'nolarini anglatadi. Model moddiy yoki ideal (namoddiy) unsurlardan qurilgan bo'lishi mumkin. Shahar transport yo'nalishlarini namoyish qiladigan maket moddiy model turiga kiradi. Xayoliy eksperiment o'tkazish uchun tasavvurda hosil qilingan obyekt obrazi ideal modelni bildiradi. Bulardan tashqari simvolik belgilardan, topologik shakllardan tuzilgan modellardan ham foydalanadilar. Matematik tenglamalar tizimi, kompyuter dasturi shunday modellar qatoriga kiradi. Biz ko'rib chiqayotgan tushunchaga quyidagi ta'rifni berish mumkin: model - bu o'rindosh - obyekt bo'lib, asl, real obyektning qiziqish o'yg'otadigan xossa yoki funksiyalarini nusxa sifatida qaytaradi, shu bois uni almashtiradi va tadqiqot predmetiga aylanadi. Asl obyekt xususiyatlarini modelda qayta tiklash predmetli (maket, tuzilma), obrazli (tasvir, kompyuterli anmasiya, golografik qurilma) va belgi (grafik jadval, sxema, tenglamalar tizimi) ko'rinishida bajarilishi mumkin. Shunday qilib, model o'xshash nusxa sifatida asl obyektning xossa va tomonlarini qaytarar (tiklar) ekan, u asl obyekt haqida bilim manbaiga aylanadi. Bunda model o'zini borlig'i (nisbatan mustaqil mavjudligi), xossalari va funksiyalariga ega bo'lgan tadqiqot obyekti bo'lib qoladi. Model va asl obyekt o'rtasidagi munosabat gomomorfizm (shaqliy o'hshashlik) va izomorfizm (nuqtali, aynan, aniq o'xshashlik) tushunchalari orqali izohlanadi. Gomomorfik munosabat deganda model va obyekt o'rtasida to'liq bo'lmagan shaqliy o'xshashlik qayd qilinadi. Geografik xarita biron-bir o'lkaning gomomorfik modeli hisoblanadi. Izomorfik munosabatda obyekt va model, ularning parametrlari o'rtasida katta aniqlikdagi o'xshashlik, aynanlik mavjud.Mars planetasidan o'zi yurar robot orqali yuborilgan foto suratlar planeta sathini izomorfik modeli sifatida tadqiq qilinadi. Tadqiqot olib borish maqsadida model ikki yo'nalishda tuziladi va o'rganiladi: 1) Oldin obyektni nusxa-modeli quriladi, keyin uni o'rganish boshlanadi. Asosiy vazifa obyektni mumkin qadar aniq modelini ishlab chiqish. Kompyuter grafikasi yordamida yaratilgan dinozavrlar hayoti haqidagi filmlar shu birinchi yo'nalishga misol bo'ladi. 2) Ikkinchisida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.38 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 30.38 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga