Ilmiy uslub va uning xususiyatlari Ilmiy uslubning mohiyati, bu uslubga mansub materiallar mazmuni Ilmiy uslubda atamalarning qo'llanishi. Reja: Voqelikka munosabatni munosabatning va buning tadqiqini mantiqan dalillangan, grammatik shakllangan, adabiy me'yor asosida tuzilgan jumlalarda ifodalab berish ilmiy uslubning mohiyatini tashkil etadi. Ilmiy uslub doirasi anchagina keng va xilma-xildir. Chunonchi, bir qator ijtimoiy fanlarga oid tadqiqotlar ko'proq ommaviyligi Bilan tavsiflansa, Aniq fanlarga oid tadqiqotlar mutaxassislar doirasida ko'proq anglashilarli bo'ladi. To'g'ri, turli fanlarga oid xulosalar ham barcha mutaxassislar uchun Aniq emas. Masalan aruz bahrlari haqidagi fikrlar hamma uchun ham tushunarli bo'lavermaydi. Biroq bir kimyoviy qolip yoki riyoziy tenglamaning Aniqligi mutaxassis faoliyati Bilan yanada bog'liqdir. Shunga ko'ra, ilmiy uslubda atamalar ko'proq qo'llaniladi. Termin masalasida shuni aytish kerakki, termin doim xalqchil bo'lishi kerak. Bir tushuncha uchun aniq bir terminni qo'llash ma'qul hisoblanadi. Bir tushuncha uchun 2-3 termin qo'llanishi noaniqlik keltirib chiqaradi. Demak, mantiiqIy dalillanish va tasvifiy aniqlik ilmiy uslubning eng muhim masalalaridan biridir. Ilmiy uslub (yoki ilmiy bayon uslubi)da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar Aniq ta'riflanadi, tushuntiriladi. Bu uslub o'zining alohida maxsus vazifasiga ega ekanligi Bilan ajralib turadi. Ilmiy uslub ilmiy terminologiya bilan bog'liq. Odatda, terminlar ilmiy uslubning leksikasini tashkil qiladi. Lekin ilmiy asarlar tili faqat terminlardangina tashkil topma, unda abstrakt leksika va ko'p ma'nolilik xususiyatiga ega bo'lgan umumxalq so'zlari ham keng qo'llaniladi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid simvol va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. O'zbek ilmiy uslubida obrazli nomlarning roli juda kattadir. Masalan: oq tuproq, qora tuproq, qizil tuproq, sho'rtuproq; muzlik kamari, muzlik darvozasi, muz tili, kulcha muz; marjon qirg'oq, panjarasimon qIrg'oq; oy o'tovi, serostona daryo, patsimon bulutlar kabi terminlar ham aslida obrazli ifodalardan kelib chiqqan. Albatta, ilmiy uslubdagi obrazlilik bilan badiiy adabiyotdagi obrazlilik farqlanadi. Ilmiy uslubda obrazli nomlar faqat nominativ atash funksiyasini, badiiy adabiyotda esa estetik ta'sir ko'rsatish vazifasini bajaradi. Obrazlilik katigoriyasi agar ilmiy uslubda «so'ngan, nursiz»holda ko'rinsa, badiiy adabiyotda esa «jonli» tarzda namoyon bo'ladi. Masalan, uchar yulduz, somon yo'li astronom uchun, avvalo, termin vazifasini o'taydi, yozuvchi uchun esa bu so'z birikmalari o'xshatish yoki obrazli ifoda manbai bo'lishi mumkin. Odatda ilmiy uslubga mansub materiallar o'z mazmuniga ko'ra 2 turga bo'linadi: 1.Ilmiy tadqiqotlar. 2.Ilmiy-ommabop asarlar. Ilmiy tadqiqotlar Biron-bir fan sohasidagi izlanishlarni qamraydi, uzoq yillar olib borilgan ijodiy mehnat samarasini ko'rsatdi.Masalan: Oybekning «Abdulla Qodiriyning ijodiy yo'li» , I.Sultonning «Navoiyning qalb daftari» , H.Yoqubovning «Adibning mahorati» kabi asarlar xudi shunday tadqiqotlardir. Ilmiy ommabop asarlar hamma uchun tushunilishi qiyin bo'lgan masalalarni sharhlaydi. Bunday asarlarda iloji boricha murakkab atamalar qo'llanmaydi. Bu uslubda ham shevachilikka yo'l qo'yilmaydi. Lekin ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
63 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: pptx