Ilmiy-ommabop uslubdagi matnlarni yaratishga o'rgatish Reja: 1. Boshlangich sinf oqish kitoblaridagi ilmiy-ommabop matn va maqolalar tasnifi hamda organish usuli 2. Boshlang'ich sinf o'qish kitoblaridagi ilmiy-ommabop maqolalarning ijtimoiy, ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyati 23.04.2024 O'qish va ona tili darslari o'quvchini fikrlash darajasining o'sishida, bilim va ko'nikmani shakllantirishda, ilmiy tushunchalarini, nutqiy malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich ta'limda ona tilining vazifasi bolaning nutqiy ko'nikmalarni me'yor asosida shakllantirishdan iboratdir. Buning uchun bolada fikrni ifodalash malakasini oshirish, lug'aviy birliklar zahirasini ko'paytirib borish, so'zlarni o'zaro biriktirish, gap tuzishga o'rgatish va shu bilan birga, o'z fikrini yozma shaklda to'g'ri yozishga o'rgatishdan iborat bo'ladi 23.04.2024 Boshlang'ich sinf o'qish kitoblari esa o'z mohiyat e'tibori bilan o'quvchi ta'lim-tarbiyasiga xizmat qiladi. Jumladan, ilmiy-ommabop matn va maqolalar orqali ham nazariy ma'lumot, ilmiy mushohadalar bayon qilinadi, ham o'quvchida badiiy-estetik zavq uyg'otadi. 23.04.2024 Bunday matnlardagi fikr bolaga tez ta'sir qiladi; muhim voqealar, hayotiy dalillar, yetuk tarixiy shaxslar to'g'risidagi fikrlar, rivoyat va hikmatlar yosh avlod tafakkurini shakllantirishga asos bo'ladi. Shu sababli O'rta Osiyo mutafakkirlaridan Forobiy, Abu Ali ibn Sinolar ham inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor bеrib kеlganlar. Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun odamda ikki imkoniyat- ta'lim va tarbiya imkoniyati bor. 23.04.2024 Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir,- dеydi. Umuman, tarbiya ko'rinishlari, shakllari haqida turgli davrlarda jahonning barcha buyuk pedagoglari o'z munosabatlarini bildirishgan. Buyuk chex pedagogi Yan Amos Komеnskiyning (1592-1670) maktab tizimi va bolalarni o'qitishga oid ayrim fikrlari bugungi pedagogikamizda ham muhim. 23.04.2024 Olim maktablarning to'rt xilini, chunonchi, ona maktabi har bir oilada; ona tili xalq maktabi har bir jamoada, har bir qishloqda va aholi yashaydigan har bir joyda; gimnaziya har bir shaharda, akadеmiya esa har bir davlatda yoki kattaroq har bir viloyatda bo'lishi zarur,- deydi. 23.04.2024 Komеnskiy maktablarning to'rt turini yilning to'rt fasliga o'xshatgan. «Ona maktabi» xushbo'y o'simliklarning g'uncha va gullariga burkangan ajoyib bahorni eslatadi. «Ona tili» maktabi ayrim ertangi mеvalar pishgan va yеtilgan yozga o'xshaydi. Gimnaziya dalalar, bog' va tеrakzorlardagi mo'l hosilni yig'ib, uni aql xazinasiga joylayotgan faslini eslatadi. Nihoyat, akadеmiya yig'ilgan hosilni umr bo'yi sarflashni mo'ljallab taqsimlayotgan qishdir. 23.04.2024 Ayniqsa, Komenskiy ta'lim tizimidagi siyosiy va iqtisodiy ahvol haqida bolalar uyda va shaharda har kuni ularning ko'z oldida sodir bo'layotgan hodisalarni tushunish uchun zarur bo'ladigan darajada bilishlari lozim,-degan qarashlari bugungi darsliklar, jumladan, boshlang'ich sinf o'qish kitobidagi ilmiy- ommabop maqola va matnlar maqsadiga hamohangligidan dalolat beradi. 23.04.2024 Yoki, kosmografiya asoslarini, osmonning yumaloq shaklda ekanligini, yеrning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
968.56 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
968.56 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:05 ]
Arxiv ichida: pptx