Imidjni informatsiyalashtirish tamoyili

Imidjni informatsiyalashtirish tamoyili

O'quvchilarga / Pedagogika
Imidjni informatsiyalashtirish tamoyili - rasmi

Material tavsifi

Imidjni informatsiyalashtirish tamoyili Reja: 1. Imidj haqida tushuncha. 2. Ideal imidj yaratish konsepsiyasi. 3. Rahbarlikga xos imidjlar. Imidj so'zi nima? Imidj so'zining ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjimasi ko rinish, qiyofa, siymo, timsol ma'nolarini anglatadi. Imidj bu nafaqat ko'rinish, balki nutq, muomala orqali namoyon bo'ladigan tarbiyaviy jihatlarni ham o'z ichiga qamrab oladi. Tashqi qiyofa orqali insonlarning qiziqishlarini orttirgan holda, o'zini namoyon qila olish, o'ziga og'dira olish va e'tiborni qarata olish pedagog faoliyatida muhim sanaladi. Bu jarayonda faqatgina iste'dodning, bilimning o'zi yetarli emas, balki o'quvchilar ko'ngliga yoqa olishni ham bilish kerak. Aksariyat o quvchilardan nima uchun aynan shu fanga qiziqasiz, deb so'ralganda, Ustozimni yaxshi ko'rardim yoki Dars juda qiziqarli o'tardi degan javoblarni olamiz. Demak, o'qituvchi o'zini, fanini taqdimot qila olgan, ya'ni u o'zini namoyon qila olgan sanaladi. E'tiborimizni qaratishimiz lozim bo'lgan jihat bu - pedagoglardagi muomala odobi, xulqi va notiqlik san'atidir. Bu ham o'qituvchi va tarbiyachilarimizda ta'lim-tarbiya berish bosqichida muhim rol o'ynaydigan sifatlardan biridir. Jamoat oldiga chiqayotgan hamma notiqlar asosiy qoidani eslarida saqlashlari lozim: qisqa gapirishlari va asosiy ma'nosini ochib berishlari kerak. chunki jamoat ma'ruzachini emas, ma'ruzani tinglashga kelgan bo'ladi. Agar hamqoringiz ma'ruzachi bo'lsa, uni tanishtirib,so'ng o'rningizga o'trishingiz va so'zlarini oxirigacha tinglashingiz lozim.'Shundan so'ng o'rningizdan turib, uni qo'lidan tutib, yaxshi ma'ruzasi va ketgan vaqti uchun tashakkur bildiring. Haqiqiy imidjni baholashning anglanganligi. Amerikaliklarda shunday ibora bor: Qayerga harakat qilishni tushunish uchun, qayerda turganingni aniqlash kerak. Ko'pincha imidj egasi obyektiv haqiqatni aniqlashning uddasidan chiqa olmaydi. Lekin bu muammo psixodiagnostika usullari yordamida yechilishi mumkin. Bu o'rinda quyidagilarni: (a) rahbarning shaxsiy, boshqaruv hamda induvidual xususiyatlari (real imidj); (b) o'zini-o'zi baholash - o'z imidjining mavqei (pozisiya) xususiyatlari; (c) munosabatlar-dagi guruh namoyondalarining qabul qilish spesifikasiyasini o'rganib, ular taklif etayotgan rahbarning ideal imidjini aniqlashni tadqiq qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ideal imidjni aniqlash. Ushbu bosqichda alohida fikr liderlari guruhining namoyondalari tahlili amalga oshiriladi (masalan, OAV namoyondalari). Ularning fikri o'z navbatida ommaviy Menning shakllanishiga bog'liq bo'ladi. Agar teatr - bu hayot ko'zgusi bo'lsa, OAV - kattalashtiruvchi oyna hisoblanadi. Xohlayotgan o'zgarishlar to'plamini aniqlash. Real imidjni idealga yaqinlashtirish. O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida shakllantirilishi kerak bo'lgan ideal imidj aniqlanadi. Natijada, haqiqiy va ideal imidjni qiyoslanib, ularni yaqinlashtirish strategiyasi ishlab chiqiladi. Shuni alohida ta'kidlash mumkinki, ideal obraz - dinamik stereotipdir. Bu bosqichdagi shakllantirilgan obraz, albatta, vaqt tomonidan sinalishi kerak. Ideal imidj va komfort hududlarni qiyoslash. Aynan ushbu bosqichda shakllanayotgan imidjning shaxsiy komfort hududda joylashganligini aniqlash dolzarb sanaladi. Agar qandaydir sabablarga ko'ra, rahbar intilayotgan imidji, uning ijobiy imidjini tushunuvchi ichki dunyosiga mos kelmasa, unda ichki qarama-qarshilik mexanizm ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 82.79 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 82.79 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga