Imijelogiya va davlat xizmatchisining imiji Reja: Imijeologiya Davlat xizmatchisi- ishbilarmon ayol imiji Kostyum Kamar Kofta «Imij» so'zi inglizchadan olingan bo'lib, ―obraz, timsol degan ma'noni anglatadi. Tanishuvning dastlabki daqiqalaridayoq sizning imij iningiz to'g'risidagi taassurot paydo bo'ladi. Kimki o'zining tashqi ko'rinishi, o'zini tutish, ravon va ma'noli nutqi, xushmuomala fe'li, mehribonligi bilan o'zi haqida yaxshi imij yarata olsa, shubhasiz,omad eshiklarini osongina ocha oladi. Ko'pincha iste'dodli va mehnatsevar, katta imkoniyatga ega odamlar kerakli, zaruriy imijlari yo'qligi bois mansab pillapoyalaridan yuqoriga ko'tarila olishmaydi. Bunday omadsizlik asosan, o'z imkoniyati, kuch-qudratiga yetarli baho bera olmaslikdan, o'ziga ishonmaslikdan kelib chiqadi. O'z shaxsiy imijini yaratishda o'z imkoniyatini yaxshi bilish, unga kerakli baho bera olish, muayyan vaziyatlarda o'zini tuta olish eng muhim narsa. Imijeologiya - odamlar uchun yoqimli bo'lish san'ati va ilmi. Imij iologiya ilmiy-amaliy fan bo'lib, o'zida psihologiya, menejment, notiqlik, axloq, ishchan etiket kabi bir qator sohalardagi bilimlarni sintez qilgan holda mujassam etadi. Imijeologiya fani inson, xodim, rahbar, tashkilot, jamoa, firma, shahar, millat, davlat kabilarning mazmun-mohiyati asosida vujudga kelgan tashqi ko'rinish, uning qiyofasi, salobati va ularning obro'yi, shuhratga erishishining tarixiy tajribalari, ilmiy asoslari, shakllarini o'rganadi. Imijmeykerlik faoliyati yordamida ularning shuhratini va nufuzini oshirish imkoniyatlari ochib berildi. U, eng avvalo, shaxs, rahbar, ijodkor va ishbilarmon odamning qiyofasi, nufuzi, obro'yi, fikri, so'zi, harakatlari va ish faoliyatlari yordamida obro' orttirish, hurmatga sazovor bo'lish, shuhrat qozonish, insonning eng yaxshi tomonlarini ochish va targ'ib qilishga va o'z darajasiga yarasha mavqega ega bo'lish kabilarni tadqiq etadi. Imijeologiya inson, xodim, rahbardagi yomon illatlarni yo'qotish, soxta obro' orttirayotganlarni fosh qilish, insondagi eng ajoyib ijobiy xislatlarni umumlashtirgan holda go'zal va barkamol, jozibali, ko'rkam, istarali, yoqimtoy, sevikli odam bo'lishni o'rgatadi. Imijeologiya olijanoblik, farosatlilik, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik kabi insoniy fazilatlar, maqsadga muvofiqlik, mantiqiylik, go'zallik, axloqiylik, inson madaniyati, o'git va ibrat, ustoz va shogird an'analariga tayangan holda insonning nufuzini ko'tarish, obro'ini oshirish, hurmatga sazovor qilish yo'llarini ochib beradi. Avvalo, nimaga erishmoqchisiz shuni oydinlashtirib olishingiz lozim,chunki har bir jamoa doirasining o'z imiji bo'ladi. Tanishuvning birinchi daqiqalarida bizning imijimiz o'zgalarda biz haqimizdagi dastlabki taassurotni paydo qiladi. Unutmangki, palapartish qiyingan kishini hech qayerda xush kayfiyat bilan kutib olmaydilar. Imijingiz sizning qiziqishlaringiz, insonlarga bo'lgan munosabatingiz, madaniyatingizni anglatadi. Chunki o'zini va o'zgalarni unchalik nazarga ilmaydigan kishilargina bachkana, palapartish qiyinib, insonlar ko'ziga ko'rinishdan andisha qilmaydi. Tashqi ko'rinish nafaqat ayollar uchun, balki erkaklar uchun ham juda ahamiyatlidir. Yana bir bor ta'kidlash joizki, qiyinish insonning didi, dunyoqarashini, qay darajada tartibli ekanligini ochib beradi. Sizning tashqi ko'rinishiningiz - muvaffaqiyatga erishishingizdagi muhim omillardan biri. Xalqimizda bejizga ―qiyinishingga qarab kutib oladilar, aqlingga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.91 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
39.91 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:06 ]
Arxiv ichida: doc