Imkoniyati cheklangan bolalar uchun e'tibor

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun e'tibor

O'quvchilarga / Pedagogika
Imkoniyati cheklangan bolalar uchun e'tibor - rasmi

Material tavsifi

Imkoniyati cheklangan bolalar uchun e'tibor Alohida yordamga muhtoj bolalar va o'smirlarga nisbatan g'amxo'rlik, ularning huquqlarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ta'lim-tarbiya jarayonini bu bolalarning ehtiyoji va qobiliyatiga mos ravishda tashkil etish, sog'lom jamiyatga tenglashtirish ishlari bugungi kunning o'ta dolzarb masalalardan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda maxsus maktabgacha ta'lim muasasalari va maktab-internatlar mavjud bo'lib, ushbu ta'lim muasasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Ammo ko'plab sabablarga ko'ra ayrim imkoniyati cheklangan bolalar uyda yakka tartibda o'qishmoqda yoki ayrimlari esa batamom ta'limdan chetda qolib ketmoqdalar. Nogiron shaxslar to'g'risida deklaratsiya BMT 1975 yilda nogiron shaxslar huquqlari to'g'risidagi deklarasiyani qabil qildi. Mazkur Deklarasiyada ta'kidlanishicha: nogironlar shaxsiyatini hurmat qilish huquqi ularda tug'ilishi bilan mavjud bo'ladi. Nogironlikning kelib chiqishi, tabiati va jiddiylik darajasidan qat'iy nazar, fuqaro o'z yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil huquqlarga egadirlarkim, shu bilan birga ular mumkin qadar to'laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga ham ega (nogiron shaxslar huquqlari to'g'risidagi Deklarasiya (3-modda). BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvenisiya barcha bolalarning huqularini hamma joyda amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan inson huquqlari borasidagi halaro shartnoma hisoblanadi. Bolalar huquqlari konvensiyasi Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konventsiya2 barcha bolalarning huqularini himoya qiladi. Mazkur Konventsiyaning 2-moddasida bolalar ularning ota-onalari, boquvchilarining irqlari, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e'tiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, sog'lig'i, qanday holatda tug'ilganliklari va boshqa holatlaridan qat'iy nazar kamsitishlarga mahkum etilmasiligi kerak - deb qat'iy belgilangan. Konventsiyadagi barcha huquqlar maxsus yordamga muhtoj bolalar uchun ham tegishli bo'lib, ularga barcha bolalar qatori teng munosabatda bo'lish kafolatlanadi. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Inklyuziv ta'lim tizimi nogironlar aravachasidagi bola yaqin atrofda joylashgan har qanday maktabda ta'lim olishi, o'zlashtirishda qiynalayotgan bo'lsa, o'qish va yozishga o'rganish uchun maxsus yordamga ega bo'lishi, darslarga qatnamay qo'ygan bolaga esa maktabga qaytish uchun tegishli yordam ko'rsatilishini kafolatlaydi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 738.69 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 738.69 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga