Imom al-Buxoriy, at-Termiziyning hadis ilmini rivojlantirishdagi xizmatlari

Imom al-Buxoriy, at-Termiziyning hadis ilmini rivojlantirishdagi xizmatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
Imom al-Buxoriy, at-Termiziyning hadis ilmini rivojlantirishdagi xizmatlari - rasmi

Material tavsifi

Imom al-Buxoriy at-Termiziyning hadis ilmini rivojlantirishdagi xizmatlari Avvalambor, biz faxr va iftixor bilan ta'kidlay olamizki, biz, o'zbek ahli dunyo ahliga ilm-u ma'rifat, iymon, e'tiqod sabog'ini ulashgan buyuk ajdodlarning avlodlarimiz. Buning buyuk asosi esa hech shubhasiz, muqaddas dinimiz-Islom diniga borib taqaladi. Dinimiz bizni eng avvalo ezgulikka, tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni, insoniylikni asrab-avaylashga da'vat etadi. Markaziy Osiyo uyg'onish davrining ko'plab yorqin namoyondalari Islom va jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan bebaho hissasini alohida qayd etmoqchiman. Imom Al-Buxoriy yashagan davrdan oldin yozilgan hadis kitoblarda sahih va g'ayri sahih hadislar aralash holatda berilgan bo'lib, uni o'rganuvchi ulardagi biror hadisni to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini, hadis rivoyat qiluvchining ahvolini tekshirmay va aniqlamay turib, bilolmas edi. o'quvchilar o'sha hadisga aniqlik kiritish maqsadida ulamolardan so'rashlikka majbur bo'lishgan. Mana shunday og'ir davrda Imom Al-Buxoriy AlJome as-sahih asarini 16 yilda yozib tugatib, unga 7275 dan ortiq sahih hadislarni boblarga ajratgan holda jamlaydi. Bundan tashqari, Imom Al-Buxoriyning Al-Adab alMufrad, (Odob durdonalari), Birr ul-Volidayn, (Ota-onani hurmat qilish), Attarix al-Kabir (katta tarix) , At-tarix al-Avsat (O'rtacha tarix), At-tarix asSog'iyra (Kichik tarix), Al-Jome al-Kabir, (Katta hadislar to'plami), Kitab alKunya (Hadis roviylarining taxalluslari) kabi 20 dan ortiq asarlari mavjud. Islom dini ta'limoti asoslarini yorituvchi Qur'on Karimdan keyingi asosiy manba hadis hisoblanadi. Hadislarni to'plash va ularga muayyan tartib berish asosan VII asrning ikkinchi yarmidan boshlanib, uni eng bilimdon, turli fan asoslarini mukammal o'rgangan, katta hayotiy tajribaga ega bo'lgan kishi (muhaddis)lar tartib bergan. VII-XI asrlarda to'rt yuzdan ortiq muhaddis hadis ilmi bilan shug'ullangan. Mazkur bilimlarni o'rganishning o'ziga xos yo'nalishi bo'lib, «hadis ilmi» nomi bilan yuritilgan. Keyingi yillarda Muhammad Alayhis-salomning hayoti, faoliyati hamda uning diniy-axloqiy ko'rsatmalarini o'z ichiga olgan hadislar, Imom Ismoil al-Buxoriyning Al-jome' as-sahih («Isxonarli to'plam»), Al-adab al-mufrad («Adab durdonalari»), Imom Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning Ash-SHamoil an-nabaviya asarlari nashr etildi. Hadis yoki Sunna so'zlari bir ma'noni anglatib, Rasulullohning hayoti va faoliyati hamda diniy va axloqiy ko'rsatmalari haqidagi rivoyatlardan iborat. Payg'ambar Muhammad Alayhis-salom arab bo'lmagan kishilarning hadislarni Qur'oni Karim oyatlari bilan adashtirib yuborishlaridan cho'chib, hadislarning yozib borilishiga ruxsat yetmaganlar. Biroq payg'ambar Muhammad Alayhis-salom huzurida sahoblar bo'lib, ular Rasuli akramdan eshitgan hadislarini yodlab borganlar. Jumladan, hazrati Abu Hurayra ana shunday mo''tabar kishilardan biri bo'lib, hadislarni mukammal yodlab borgan. Abu Hurayra tomonidan qayd etilgan hadislar to'g'ri, isxonarli (sahih) hadislar hisoblangan. Lekin hadislarni yod olgan kishilar sonining tobora kamayib borishi natijasida ularning asta-sekin unutilib ketishi borasidagi xavf yuzaga keladi. Ana shu xavfning oldini olish maqsadida xalifalar isxonarli hadislarni to'plashga farmon berganlar. Hadislarni to'plash xususidagi farmon dastlabki xalifa Umar ibn Abdulaziz tomonidan berilgan. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1002.72 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1002.72 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga