Individuallashtirilgan o'qitish texnologiyasi

Individuallashtirilgan o'qitish texnologiyasi

O'quvchilarga / Pedagogika
Individuallashtirilgan o'qitish texnologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Individuallashtirilgan o'qitish texnologiyasi Reja: Individual o'qitish Individuallashtirilean o'qitish texnolozivasi Masofaviy ta'lim texnologiyasi. Masofaviy o'qitish texnologiyasi. Talabaning mavjud shaxsiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqarishini ta'minlash, zamonaviy o'quv jarayoniga qo'yiladigan jadallashgan ilmiy-texnikaviy taraqqiyotining talabidir. Bunga individual va individuallashtirilgan o'qitish orqali erishish mumkin. Individual o'qitish - bu o'quv jarayonining tashkil etishning shakli bo'lib, bunda pedagog talabalar bilan yakkama-yakka shug'ullanadi, talaba o'quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta'lim oladi. Individual о 'aitishnins afzalliklari: pedagogik jarayonning talaba qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. Bunda talabaning bilim olish darajasi doimiy monitorinpshi amalga oshirish va zaruriy tuzatipshar kiritish natijasida optimal pedagogik jarayonni tashkil etiladi Individual vondashish - bu pedagogik tamoyilga ko'ra, pedagogik jarayonda pedagogning talabalar bilan o'zaro munosabati, ularning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda quriladi va butun guruh hamda har bir alohida talabaning rivoji uchun psixologik-pedagogik muhit yaratiladi. Indxviduallashtirilean о'aitish bundav o'quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish asosida o'qitish yo'llari, usullari, sur'ati tanlanadi va turli o'quv-uslubiy psixologik-pedagogik hamda tashkiliy boshqaruv tadbirlari orqali ta'minlanadi (3.7-rasm). Individuallashtirilean o'qitish texnolozivasi (3.8-rasm) - bunda o'quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o'qitishning individual shakli ustivor hisoblanadi. O'qitishning barcha shaxsga yo'naltirilgan texnologiyalarida u yoki bu darajada individual yondashish qo'llaniladi, ammo individuallashtirilgan o'qitishda, individuallashtirish, o'quv maqsadlariga erishishning asosiy vositasi hisoblanadi. Individuallashtirilgan o'qitishning asosi, talabaning individual-pedagogik xususiyatlarini o'rnatish hisoblanadi. Olingan natijalar asosida, o'qitish usuli tanlanadi. Qabul qilingan texnologiyalar, qoidalar va tamoyillarga ko'ra o'qitish jarayoni amalga oshiriladi. Masofaviy ta'lim texnologiyasi. Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash kunikma va malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. Bunday ta'lim xizmatlarini ko'rsatish istiqbolli, zamonaviy o'quv tizimlariga quyiladigan talablardan biridir. YUNESKO «Ta'limni axborotlash instituti» mutaxassislarining fikricha, ta'lim jarayonini rivojlantirishning asosiy yunalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o'qitish va mustaqil o'qish imkoniyatlaridan keng foydalanish ta'minotini yaratishdir. Masofaviy o'qitish - bu masofadan turib o'qitish, qaysiki o'quv mashg'ulotlarining barchasi yoki ko'p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish texnologiyalar asosida olib boriladi Masofaviy o'qitish, ayniqsa: o'qitishning an'anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o'qish va ishlashni birgalikda amalga oshira olmaydiganlar uchun; turg'un sharoitda o'qish imkoniyatlariga ega bulmagan, imkoniyatlari tibbiy shart-sharoitlar tufayli chegaralanganlar uchun; o'qituvchilar va boshqa soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va malakasini oshirishda; chet el o'quv muassasalarida ta'lim olishni istaydiganlar uchun; ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun juda dolzarb bo'lishi mumkin. Istiqbolli zamonaviy o'qitish tizimlari har bir shaxsning o'zi istagan ta'lim olish huqiqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o'qitish aynan shunday o'qitish shakli bo'la oladi. O'qitishning bu tizimi boshlang'ich rivojlanish bosqichidadir. AQSH da 1 mlnga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 465 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 465 KB
Ko'rishlar soni 100 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga