Ingliz tili darslarini ilg'or pedtexnologiyalar asosida tashkil etish Dars jarayonini loyihalashda o'qitish metodlarini to'g'ri tanlash, ya'ni metodlarni darsning vazifalari va mazmuniga mosligi, o'qituvchi va o'quvchilarning imkoniyatlariga muvofiq bo'lishi talab etiladi.O'qituvchi darsning loyihasini ishlab chiqishda quyidagi topshiriqlarni ketma-ket bir butunlikda amalga oshirishi kerak. 1-bosqich: O'qituvchi dastur, darslik, metodik qo'llanma va sinf o'quvchilarining umumiy tavsifi bilan tanishib chiqishi lozim. 2-bosqich: Darsning asosiy vazifalari majmuasini: o'qitish, ta'limiy maqsad,tarbiyaviy maqsad va rivojlantiruvchi maqsadlarni va vazifalarini belgilash. 3-bosqich: Darsning asosiy bosqichlarini to'g'ri, aniq va izchillikda joylashtirish. 4-bosqich: Darsning har bir bosqichi mazmunidagi asosiy o'rinni ajratib olish. 5-bosqich: Darsning har bir qismi uchun o'qitish metodlarini, vositalarini,texnologiyalarni tanlash. 6-bosqich: Darsning har bir qismi uchun o'qitishning yetakchi; umumsinfiy, kichik guruh va individual shaklini tanlab olish. 7-bosqich: Bo'sh o'zlashtiruvchi va tayyorgarligi kuchli bo'lgan o'quvchilar uchuntafovutlangan mashq va vazifalarni tanlash. 8-bosqich: Tegishli sinf o'quvchilari uchun vaqt me'yorlariga muvofiq uyvazifasining maqbul hajmini tanlash. Interfaol ta'lim jarayonida kichik guruhlarda ishlash metodikasi xususida 1. O'quvchining individual harakatlari bilan jamoa bo'lib ishlagandagiharakatlari nimasi bilan farqlanadi? 2. Kichik guruhlarning birgalikdagi ishidan qanday natijalarni kutish mumkin? 3. Guruhning hamfikrlilar jamoasiga aylanishi uchun nimalar qilish kerak? 4. Kichik guruh va uning tarkibiga kiruvchi o'quvchining ishini qanday baholash kerak? Muammoli ta'lim jarayonida kichik guruhlar ishini tashkil etish uchun o'qituvchi quyidagilarni yaxshi tushunib olishi lozim: Guruhlar bilan ishlash bo'yicha ayrim maslahatlar: 1. Hamkorlik guruhlari kam sonli bo'lishi kerak. Guruh qanchalik kichik bo'lsa shunchalik har bir o'quvchi mas'uliyatliroq bo'ladi. 2. Har bir guruh a'zosining bilimini individual tartibda tekshirishlozim. 3. Davriy tartibda tanlab (oralatib) og'zaki so'rovlar o'tkazish foydali,bunday paytda o'quvchilar guruh a'zolari yoki butun sinf oldida guruh ishi haqidagapirib beradilar. 4. Barcha guruhlar ishini kuzatib borish va guruh a'zosining umumiymehnatda ishtirok etgan hamma holatlarini qayd etish kerak. 5. Har bir guruhda «nazoratchi» bo'lishi kerak, u har bir guruhdoshidannima uchun guruh berilgan savolga boshqacha emas, aynan shunday javobberganligini tushuntirib berishni so'rashi mumkin. Interfaol metodlar: Muammoli vaziyat metodi Muammoli vaziyat metodi ta'lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarningsababini va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimlarini topish bo'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan metod. Muammoli vaziyat metodining tarkibiy tuzilishi quyidagicha: -muammoli vaziyat tavsifini keltirish; - o'quvchilarni guruhlarga bo'lish; -guruhlar muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi; -guruhlarning muammoli vaziyatni oqibatlari to'g'risidagi fikrlarini jamlanish bosqichi; -guruhlarni muammoli vaziyatni yechimini ishlab chiqish bosqichi; -to'g'ri yechimlarni tanlash bosqichi; Quyida yangi pedtexnologiyalar va ta'lim vositalari ilg'or tadbiq qilingan dars ishlanmalaridan na'munalar keltirilgan. 1. O'quv materialini muammoli bayon etish - ma'ruzaviy mashg'ulotlarda monolog tarzda, seminar mashg'ulotlarida esa dialog tarzda olib boriladi. Ma'ruzachi ma'ruza ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.23 MB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:06 ]
Arxiv ichida: pptx