Ingliz tili grammatik mavzularini leksika va fonetika bilan bog'lagan holda, interfaol va an'anaviy metodlar

Ingliz tili grammatik mavzularini leksika va fonetika bilan bog'lagan holda, interfaol va an'anaviy metodlar

O'quvchilarga / Pedagogika
Ingliz tili grammatik mavzularini leksika va fonetika bilan bog'lagan holda, interfaol va an'anaviy metodlar - rasmi

Material tavsifi

MUNDARIJA Kirish…… …3-6 I BOB. O'quv jarayonida pedagogik texnologiyalarni qo'llashning ta'lim sifatini oshirishdagi ahamiyati I.1. Pedagogik texnologiya usulida ta'lim maqsadlarini aniqlashtirish……7-16 I.2. O'qitishning Interfaol metodlari bilan an'anaviy o'qitish metodlarining hamkorligi……17-25 II BOB Grammatikani o'rgatishda pedagogik va axborot texnologiyalarini qo'llanishining samaradorligi. II.1 Grammatik mavzularni o'qitishda uzviylik va uzluksizlik……26-29 II.2 6-sinf darsliklarida berilgan grammatik mavzularni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tushuntirishdagi afzalliklar……30-37 Xulosa……38-40 Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati……41 Ilovalar……42 Kirish Ta'lim jarayoni tubdan o'zgarmoqda. Har bir o'quvchining qiziqishi, qobiliyati, bilim olish salohiyati inobatga olingan holda, ta'lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, oqitishning interfaol usullari keng qo'llanilmoqda. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - yoshlarni shaxs sifatida shakllantirish, ongini o'stirish, dunyoqarashini boyitishdir. Zero, yoshlarning ma'naviyatini yuksaltirish, ularda e'tiqod, Vatan tuyg'usini kamol toptirish tarbiyaning ustuvor yo'nalishlaridandir. Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi. Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo haloqat, yo saodat - yo faloqat masalasidir degan chuqur ma'noli so'zlarini eslayman. Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so'zlari o'tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim ba dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi vaqatda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko'ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma'naviyatni shakllantirishga bevosita yana bir muhim hayotiy omil - bu ta'lim tarbiya tizimi bilan chambarchas bog'liqdir. Ma'lumki, ota bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilmu-ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovi deb bilgan. Maktab, ta'lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo'lishi Asosiy qonunimizda belgilab qo'yilgan. Shu bilan birga. Bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo'llab quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishlariga bog'liq. Buning uchun biz yoshlarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog'lom hayot tarzi, milliy va umumilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur. Ayni shu vazifa bizdan katta mas'uliyatni talab etadi. Bugun shiddat bilan o'zgarib borayotgan murakkab zamonda globallashuv davrida yashamoqdamiz. Yuksak texnologiyalar rivojlanib, inson tafakkuri boyib bormoqda, axborot almashish tez suratlarda rivoj topayotir. Hozir yer yuzining qaysi burchagida qanday voqea ro'y bergani haqida zum o'tmay xabar topish imkoni bor - deydi prezidentimiz Islom Karimov o'zlarining Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asarlarida. Mavzuning dolzarbligi - Pedagog uchun tajriba almashish, malaka oshirish doimiy ehtiyoj hisoblanadi. Zotan, o'qituvchining o'zi dars beradigan fan bo'yicha eng so'nggi yangiliklar qatori kundalik ijtimoiy - siyosiy voqealardan xabardor ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74.06 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 74.06 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga