INKLYUZIF TA'LIM, DUNYOQARASH VA TA'LIMIY, KONSEPSIYA SIFATIDA Reja: Inklyuziv ta'lim haqida umumiy ma'lumot. Nogironlik ta'rifi,Nogironlik modellari. Nogironlikning tibbiy modeli,Nogironlikning ijtimoiy modeli. Inklyuziv ta'limda qiyinchiliklar va yondashuvlar. Inklyuziv ta'limni rivojlantirishning shartlari. Inklyuziv ta'limni qo'llab quvvatlashning 7 ustuni . Alohida ehtiyojlarga ega va bunday qiyinchiliklarga ega bo'lmagan bolalarning shaxs xususiyatlari va kognitiv rivojlanishi uchun integratsiya tizimining afzalliklari. Inklyuziv ta'limni pedagogik amaliyotga joriy etishning dolzarbligi. Tayanch tushunchalar: inklyuziv ta'lim, imkoniyati cheklangan bolalar, korreksiya, tamoyillar. Inklyuziv ta'lim haqida umumiy ma'lumot. Inklyuziv ta'lim (ingliz tilidan olingan bo'lib, inclusive, inclusion-uyg'unlashmoq, uyg'unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma'nolarini bildiradi) nogiron va sog'lom bolalar o'rtasidagi to'siqlarni (diskriminatsiyani) bartaraf etish, maxsus ta'limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko'ra nogiron bo'lgan) o'smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat'iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo'naltirilgan umumta'lim jarayoniga qo'shishni ifodalovchi ta'lim tizimidir. Sharqning mashhur allomalari: Ibn Sino, Imom Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniylarning tarbiyaning maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishiga ta'limning ta'siri to'g'risidagi qarashlari inklyuziv ta'lim rivojlanishining metodologik bazasi hisoblanadi. Inklyuziv integratsiyalashgan atamalari ko'pincha bir xil ma'noda ishlatiladi. Biroq ushbu tushunchalar orasida juda katta farq bor. Nogiron bolani oddiy sharoitga joylashtirish integratsiyaga qarab qo'yilgan birinchi qadamdir. Imkoniyati cheklangan bolalarning umumta'lim muassasalari tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida inklyuziv yoki integratsion ta'lim atamalari bilan ataladi. Ya'ni millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilasining jamiyatda tutgan o'rni, manbai, moddiy va ma'naviy ahvoli, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiligi bo'lishidan qatiy nazar barcha bolalarni teng ko'rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qadrlash, rivojlantirishni ko'zda tutadigan ta'limdir. Inklyuziv ta'lim umumta'lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo'lgan ta'limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta'lim olishiga oid qo'shimcha moslamalarni tashkil qilib bolalarni ta'lim olishiga qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta'lim har xil ehtiyojli bolalarning ta'lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta'lim turli ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta'limni ishlab chiqishni amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta'limni tadbiq etishda dars berish, o'qitish bir muncha samarali va unumli bo'lsa unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar balki barcha bolalar yutadi. Inklyuziv ta'lim maktablari bolalarning bilim olish uchun shaxsiy huquqlarini himoyalaydi (vaholangki ular uqitilmasa ham). Bunday yondashuv diskriminatsiyani bartaraf etadi, kamaytiradi chunki bolalar bir- birlari bilan muloqot qilish jarayonida o'zlarining o'qitilish jarayonida turli ehtiyojlarga ega individum ekanliklarini anglaydilar. O'zbekiston RespublikaSI PREZIDENTINING QARORI ALOHIDA TA'LIM EHTIYOJLARI BO'LGAN BOLALARGA TA'LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risidagi PF-5712-son Farmoniga muvofiq O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
904.34 KB
Ko'rishlar soni
191 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
904.34 KB
Ko'rishlar soni
191 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:06 ]
Arxiv ichida: pptx