Inklyuziv ta'lim va tarbiya

Inklyuziv ta'lim va tarbiya

O'quvchilarga / Pedagogika
Inklyuziv ta'lim va tarbiya - rasmi

Material tavsifi

Fan: Maktabgacha pedagogika Mavzu: Inklyuziv ta'lim va tarbiya REJA: 1. Inklyuziv ta'lim va tarbiyaning o'ziga xosligi; 2. Inklyuziv ta'limga muhtoj bo'lgan bolalar bilan ishlash Inklyuziv ta'lim. Inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'lim tashkil etiladi.Inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Inklyuziv ta'limning asosiy tamoyillari. Ta'lim tizimini joriy etish har doim ma'lum bir qonun qoidalarga, tamoyillarga asoslanishni talab etadi. Inklyuziv ta'lim tizimini joriy qilishda esa quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: 1). Inklyuziv ta'limning e'tirof etilishi. 2). Inklyuziv ta'limning barcha uchun ochiq bo'lishi tamoyili. 3). Bog'lanishning mavjud bo'lishi tamoyili. 4). Markazlashtirilmagan bo'lishi tamoyili. 5). Inklyuziv ta'limda kompleks yondashish tamoyili. 6). Inklyuziv ta'limda moslashuvchanlik tamoyili. 7). Malakaviylik tamoyili. Inklyuziv ta'limning e'tirof etilishi tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni shundaki, 1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli bolalrni umumta'lim muassasalari tizimida o'qitish borasida bir qancha jahon miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko'plab davlatlari e'tirof etdilar. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto'g'ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya'ni inklyuziv ta'limni e'tirof etgan holda, aholi o'rtasida targ'ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng birinchi galdagi masaladir. Inklyuziv ta'limning barcha uchun ochiq bo'lishi tamoyili. O'tgan yigirma yil davamida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta'lim muassasalari tizimida o'qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta'limga jalb etish barcha hududlarda barcha maxsus ehtiyojli bolalarni qamrab olgan bo'lishi ta'minlanishi lozim. Markazlashtirilmagan bo'lishi tamoyili. Bu tamoilning mazmuni quyidagi ikkita aspekt yordamida ifodalanadi: A). Inklyuziv ta'lim xizmatlari umumiy ta'lim tizimining integratsiya qilingan qismi bo'lishi kerak. B). Inklyuziv ta'lim tizimidgi vazifalar mahalliy ta'lim organlariga javobgarlik va boshqaruvni yuklash uchun markazlashmagan holda olib borilishi kerak va imkoniyatlar mahalliy sharoitlarga moslashtirilishi lozim. Inklyuziv ta'limda kompleks yondashishi tamoyili. Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina nuqson jihatdan yondashishi emas, balki bu bolalrga har tomonlama yondashish lozim. Maxsus ehtiyojli bolalar ta'limi boshlang'ich va o'rta-maxsus ta'limni olishlari blan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-hunar ta'limi va oliy ta'limi ham amalga oshirilishi taalab etadi. Chunki inklyuziv ta'lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalrni har tomonlama rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta'minlashdan iboratdir. Inklyuziv ta'limda moslashuvchanlik tamoyili. Bu tamoyilning mazmuni shundaki, o'quv reja, dastur va darsiliklar maxsus ehtiyojli bolalarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo'lishi kerak. Bolaning maxsus ta'limga bo'lgan ehtiyojlari har qanday integrasiya faoliyatining asosini tashkil etishi kerak. Malakaviylik tamoyili. Maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv tarzda o'qitilayotgan sinflarda yuqori malakali o'qituvchilarning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.98 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.98 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga