Inkulyuziv ta'limni rivojlantirishdagi xalqaro tajribalar

Inkulyuziv ta'limni rivojlantirishdagi xalqaro tajribalar

O'quvchilarga / Pedagogika
Inkulyuziv ta'limni rivojlantirishdagi xalqaro tajribalar - rasmi

Material tavsifi

Inkulyuziv ta'limni rivojlantirishdagi xalqaro tajribalar Reja: 1. UNICEF inklyuziv ta'limni O'zbekiston ta'lim tizimiga kiritish masalalari 2. BMT 1975 yilda nogiron shaxslar huquqlari to'g'risidagi deklarasiya 3. Imkoniyati cheklangan bolada o'ziga bo'lgan ishonchni oshirish Alohida yordamga muhtoj bolalar va o'smirlarga nisbatan g'amxo'rlik, ularning huquqlarini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ta'lim-tarbiya jarayonini bu bolalarning ehtiyoji va qobiliyatiga mos ravishda tashkil etish, sog'lom jamiyatga tenglashtirish ishlari bugungi kunning o'ta dolzarb masalalardan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda maxsus maktabgacha ta'lim muasasalari va maktab-internatlar mavjud bo'lib, ushbu ta'lim muasasalarida imkoniyati cheklangan bolalar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Ammo ko'plab sabablarga ko'ra ayrim imkoniyati cheklangan bolalar uyda yakka tartibda o'qishmoqda yoki ayrimlari esa batamom ta'limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan tashqari maxsus maktabgacha ta'lim va tarbiyaning korrektsion-pedagogik ish sifati yuqori darajada bo'lsada, biroq aynan alohida ehtiyojli bolalarning sog'lom muhitda ta'lim-tarbiya olmayotganliklari sababli ijtimoiy hayotimizga moslashishlarida ko'plab qiyinchiliklar va muammolarga duch kelmoqdalar. BMT tomonidan 1949 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasida ta'lim olish har bir insoning asosiy va ajralmas huquqi ekanligi alohida e'tirof etilgan1. Shuningdek, BMT 1975 yilda nogiron shaxslar huquqlari to'g'risidagi deklarasiyani qabil qildi. Mazkur Deklarasiyada ta'kidlanishicha: nogironlar shaxsiyatini hurmat qilish huquqi ularda tug'ilishi bilan mavjud bo'ladi. BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvenisiya barcha bolalarning huqularini hamma joyda amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilgan inson huquqlari borasidagi halaro shartnoma hisoblanadi. Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konventsiya2 barcha bolalarning huqularini himoya qiladi. Mazkur Konventsiyaning 2-moddasida bolalar ularning ota-onalari, boquvchilarining irqlari, terisining rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy va boshqa e'tiqodi, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, moddiy ahvoli, sog'lig'i, qanday holatda tug'ilganliklari va boshqa holatlaridan qat'iy nazar kamsitishlarga mahkum etilmasiligi kerak - deb qat'iy belgilangan. UNICEF inklyuziv ta'limni O'zbekiston ta'lim tizimiga kiritish masalalari bilan shug'ullanadi. Inklyuziv ta'lim vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat'i nazar, ularning barchasiga sifatli ta'lim taqdim etishdan iborat. Shu bilan birga, inklyuzivlik tamoyili imkoniyatlari cheklangan bolalar ijobiy ruhiy va ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan birga oddiy maktabda bilim olishlari lozimligini nazarda tutadi. Imkoniyati cheklangan insonlar uchun ishlab chiqilgan va jamiyatga rejali asosda joriy etilayotgan inklyuziv ta'lim strategiyasi o'qishning uzluksiz va muttasilligini ta'minlaydi. Oila - bolalar bog'chasi - maktab - kasbhunar kolleji - ish bilan ta'minlash - ushbu tizim kelajakda otaonalarga imkoniyati cheklangan bolalarini umumta'lim muassasalari va oliy o'quv yurtlariga bemalol, xavfsiramasdan olib kelishlari uchun zamin yaratadi. Inklyuziv ta'lim rasmiy ta'lim tushunchasidan ancha kengroq. Bu ta'limda ko'proq o'qishda, o'rganishda imkoniyati cheklangan bolalar bilan ishlanadi. Mamlakatimiz ta'lim tizimida bu masalaga alohida e'tibor qaratiladi. 2020-yil oktyabrda qabul ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 718.85 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 718.85 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga