Innovatsion ta'lim texnologiyalari Reja: Innovatsion ta'lim texnologiyalari tushunchasining mazmuni. an'anaviy ta'limda tashkil etiladigan suhbat Innovatsion ta'lim texnologiyalari tushunchasining mazmuni. Lug'aviy jihatdan innovatsiya tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (―innovation) ―yangilik kiritish degan manoni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida ―innovatsiya tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o'zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. Innovatsiyalarning asosiy ko'rinishlari quyidagilar sanaladi: yangi g'oyalar; tizim yoki faoliyat yo'nalishini o'zgatirishga qaratilgan aniq maqsadlar; noan'anaviy yondashuvlar; - odatiy bo'lmagan tashabbuslar; - ilg'or ish uslublari. ta'liminnovatsiyalari - ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. ta'lim innovatsiyalari ―innovatsion ta'lim‖ deb ham nomlanadi. ―Innovatsion ta'lim‖ tushunchasi birinchi bor 1979 yilda ―Rim klubi‖da qo'llanilgan. ta'lim innovatsiyalari bir necha turga ajratiladi. Ular: Faoliyat yo'nalishiga ko'ra: pedagogik jarayonda yoki ta'lim tizimini boshqarishda qo'llaniladigan innovatsiyalar. Kiritilgan o'zgarishlarning tavsifiga ko'ra: radikal, modifikatsiyalangan hamda kombinatsiyalangan innovatsiyalar. O'zgarishlarning ko'lamiga ko'ra: tarmoq (lokal), modul va tizim innovatsiyalari. Kelib chiqish manbaiga ko'ra: jamoa tomonidan bevosita yaratilgan yoki o'zlashtirilgan innovatsiyalar. ta'lim tizimida yoki o'quv faoliyatida innovatsiyalarni qo'llashda sarflangan mablag' va kuchdan imkon qadar eng yuqori natijani olish maqsadi ko'zlanadi. Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va nazorat qilishga imkon beradigan o'zgaruvchan mexanizmga ega bo'lishi zarur. Barcha sohalarda bo'lgani kabi ta'limda ham ―novatsiya‖, ―innovatsiya‖ hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to'g'risida so'z yuritiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo'lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o'zgartirishga xizmat qilsa u novatsiya (yangilanish) deb yuritiladi.Bordi-yu, faoliyat malum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o'zgartirishga xizmat qilsa, u holda u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. ta'lim innovatsionlari quyidagi o'zgarishlarga olib keladi pedagogik tizimning tamomila o'zgarishi; o'quv jarayonining o'zgarishi; pedagogik nazariyaning o'zgarishi; o'qituvchi faoliyatining o'zgarishi; o'quvchi (talaba) faoliyatining yangilanishi; pedagogik texnologiyaning o'zgarishi; ta'lim mazmunining yangilanishi; o'qitish shakl, metod va vositalarining o'zgarishi; ta'lim tizimi boshqaruvning o'zgarishi; ta'lim maqsadi va natijalarning o'zgarishi. Innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablarning an'anaviy me'yorlarga mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g'oyalarning mavjud g'oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat. Innovatsion faoliyat ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish asosida yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat. Pedagogning innovatsion faoliyati: yangilikni qo'llashga tayyorgarligi; pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; novatorlik darajasi; kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi; ijodkorligi bilan belgilanadi. Innovatsion faoliyat pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini malum maqsadga yo'naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to'ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
112.39 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
112.39 KB
Ko'rishlar soni
34 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:06 ]
Arxiv ichida: doc