Innovatsion texnologiya loyihasining interfaol metodlari bilan an'anaviy o'qitish metodlarining hamkorligi

Innovatsion texnologiya loyihasining interfaol metodlari bilan an'anaviy o'qitish metodlarining hamkorligi

O'quvchilarga / Pedagogika
Innovatsion texnologiya loyihasining interfaol metodlari bilan an'anaviy o'qitish metodlarining hamkorligi - rasmi

Material tavsifi

Innovatsion texnologiya loyihasining interfaol metodlari bilan an'anaviy o'qitish metodlarining hamkorligi Reja: 1. Pedagogik texnologiyaning interfaol metodlari haqida tushunch 2. Blits - o'yin texnologiyasi. 3. FSMU TYeXNOLOGIYaSI 4. Asosiy tushunchalar quyidagilar: 5. Veer texnologiyasi. 6. Skarabey texnologiyasi. 7. Bumerang texnologiyasi. 8. . Ajurli arra - o'qitish usuli. 9. ta'lim texnologiyasida Aqliy hujum usulidan foydalanish. Didaktik jarayon bosqichlarini muayyan ketma - ketlikda qurish o'quvchi va talabalarning bilish faoliyatini mavzu bo'yicha belgilangan maqsadlarga mos holda tanlangan o'qitish metodlari yordamida tashkil qilish demakdir. O'qitish metodlari o'z mohiyati va mazmuniga ko'ra malum pedagogik nazariyaga asoslangan u yoki bu tasnifga tegishli bo'ladi. Ularning samaradorligi to'g'risida fikr yuritilganda o'qitish jarayonini izga soladigan va uni maqsadli yo'naltira oladigan, o'qituvchi, o'quvchi - talabaning hamkorligidagi faoliyatini ta'minlash asosida jamiyat tomonidan maktab (kasb - hunar kolleji, oliy o'quv yurtlari) oldiga qo'yilayotgan maqsadga nechog'lik erishilayotganini ko'zda tutish kerak. Yoxud o'qitish metodlari bevosita ta'lim amaliyoti bilan aloqador konsepsiyalar O'qitish metodi dastlab pedagog ongida faoliyatning umumlashgan loyihasi tarzida mavjud bo'ladi. Bu loyiha amaliyotga o'qituvchi va o'quvchi faoliyatlarining o'zaro tutashuvi tekisligida, o'qitish va o'qishning aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metodning boshqa namoyon bo'lish shakllari yo'q, sababi umumiy holda o'qitish metodi o'zida faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi. Pedagogik nashrlarda o'qitish metodlarini faol va sust guruhlarga ajratish hollari mavjud. Agar har bir metod belgilangan u yoki bu maqsadni yechishda o'z o'rnida ishlatilsa, shubhasiz, faoldir. Pedagogik texnologiyalar ham darsda o'quvchi - talabalar faolligining yuqori darajasini ta'minlash asosida oldindan belgilangan maqsadga erishishga qaratiladi. Shu boisdan bu faslda hali pedagogik amaliyot uchun notanish bo'lgan chet el didaktikasiga oid metodlar haqida fikr yuritiladi. Amerikaning Street law (ko'cha qonuni) dasturini bugungi kunda yer yuzining ko'plab davlatlari tomonidan asrga olingan va ta'lim maskaniga o'rnashib qolayapti. Bunga sabab dasturdan o'rin olgan yuzlab o'qitish metodlarining faolligi, jozibaliligi va ta'sirchanligidir. Ular yordamida o'quvchilar o'z fikrlarini erkin ifodalash, axborotlarni tanqidiy qabul qilish, jamoada ishlash, o'z mavqeini mustahkamlash, fikrlarini himoya qilish, haq -huquqlarini anglab etish kabi imkoniyatlarga tezda ega bo'ladilar. O'qituvchi esa didaktik jarayonni qurishda bu metodlardan oqilona foydalanmog'i, ularning mavzu bo'yicha o'quv elementlarining murakkabligi va vaqt tig'izligiga qarab chag'ishtirmog'i lozim. O'qituvchi tomonidan o'zi o'qitayotgan fanning har bir mavzusi har bir dars mashg'uloti bo'yicha tuzilgan yuqoridagi kabi texnologik xarita unga fani, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishga (bir semestr, bir o'quv yili bo'yicha) yaxlit o'quv jarayonining boshlanishi, maqsadidan tortib erishiladigan natijaga ko'ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritani o'quvchi - talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta'limning markaziga olib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.49 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.49 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga