Innovatsion texnologiya yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llar 1. Texnologiya va pedagogik texnologiya haqida tushuncha 2. Pedagogik texnologiyaga berilgan ta'riflar 3. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanish tarixi 4. Interfaol pedagogik texnologiyalar Adabiyotlar Farberman B. ilg'or pedagogik texnologiyalar . -T.: Fan, 200 V.P.Bespalko. pedagogikheskie texnologii.MGU.2001 g. Saidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar.T.: Moliya, 2003. Saidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiya: muammo va yechimlar.T.: Moliya, 2002. Tolipov U. Usmonbaev M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot.T: Fan, 2005. WW.Pedagog.o'z. WW.ZiyoNet.o'z. WW.Ta'lim.o'z. WW.Gov.o'z. Texnologiya haqida tushuncha Texnologiya - tushunchasi yunoncha «mahorat», «san'at» demakdir. Texnologiya tushunchasi ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik operatsiyalar va mahsulotni tayyorlash mazmuni (sirlari) bilan bog'langan. Texnologiya so'zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va vositalar haqida bilimlar yig'indisi, shuningdek, obyektda sodir bo'ladigan sifat o'zgarishlari tushuniladi. Texnologiya - biror ishda, mahoratda, sanoatda qo'llaniladigan usullar, yo'llar yig'indisi. Texnologiya - ishlov berish, ahvolni o'zgartirish san'ati, mahorati, qobiliyati, metodlar yig'indisi.(V.M.Shepel.) Pedagogik texnologiya Pedagogik texnologiya - bu texnologik (ishlab chiqarishdagi) yondashuvlarga aynan o'xshash bo'lgan ta'limda qo'yilgan maqsadlarga erishish, kafolatlangan (yakuniy natijani olish) ta'lim jarayoni tushuniladi. Bunday ta'lim jarayoni texnologiyalashtirilgan deyiladi. Pedagogik texnologiyaga turli ta'riflar mavjud. Pedagogik texnologiya - o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lmagan holda pedagogik muvafaqqiyatni kafolatlay oladigan, o'quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. (V.P.Bespalko.) Pedagogik texnologiya - bu o'qituvchi (tarbiyachi)ning o'qitish (tarbiya) vositalari yordamida o'quvchi (talaba)larga muayyan sharoit va ketma-ketlikda ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayonidir.(N.Sayidahmedov.) Pedagogik texnologiya - bu aniq maqsadga erishishga qaratilgan aniq faoliyat. (Yudin) Pedagogik texnologiya - ta'lim berish va o'zlashtirish usullarini yaratish, qo'llash, ularni yagona tizimga keltirish yo'li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha imkoniyatlaridan maqadga muvofiq foydalanib, bilimlar o'zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir. (YuNYeSKO ta'rifi). Pedagogik texnologiyalar tarixi 1930 - yillarda «pedagogik texnika» tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo'ldi va u o'quv mashg'ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo'naltirilgan usul va vositalar yig'indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrda pedagogik texnologiya deb o'quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko'rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi. 1940 - 1950 yillarda o'quv jarayoniga o'qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi pedagogik texnologiyaga tenglashtirildi. 1961 yildan boshlab AQSHda Pedagogik texnologiya (Educational Technology), 1964 yildan Angliyada Pedagogik texnologiya va dasturli ta'lim, Yaponiyada esa 1965 yildan «Pedagogik texnologiya» (Educational Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xuddi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi. Yaponiyada pedagogik texnologiya muammolari bilan to'rtta ilmiy jamiyat shug'ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:06
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
1.1 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:06 ]
Arxiv ichida: ppt