Inson va jamiyatning ma'naviy hayoti

Inson va jamiyatning ma'naviy hayoti

O'quvchilarga / Pedagogika
Inson va jamiyatning ma'naviy hayoti - rasmi

Material tavsifi

Inson va jamiyatning ma'naviy hayoti Reja: 1. ma'naviyatning jamiyat hayotidagi o'rni. 2. Mustaqillik va xalqimiz ma'naviyatining qayta tiklanishi. 3. Dinning inson hayoti va jamiyatdagi o'rni. 4. Diniy ekstrimizm va fundamentalizm xavfi. 1. ma'naviyatning jamiyat hayotidagi o'rni Insoniyat yaratilibdiki u mukammallikka intilib keladi. Albatta bu o'rinda ma'naviyatning, bilim va tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Chunki inson bolasi bilim va tarbiya vositasida ulg'ayadi. Agar u bilim olmasa, yaxshi tarbiya topmasa hayotda o'z o'rnini topishi dargumon. Demak, olingan bilim va tarbiyaning inson ongida uyg'unlashib uning turmush tarziga aylanishi inson ma'naviyatini yuzaga keltiradi. ma'naviyat deganda har qanday tabiiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy bilimlarning inson tafakkurida mujassamlashuvi va bu bilimlarning ko'nikma, malaka va hayot tarzlariga aylanib ketishi tushuniladi. Yoki bo'lmasa, ma'naviyat - insonning ruhiyatini, o'z-o'zini anglash, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go'zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini, maqsad va g'oyalarni qo'ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir. ma'naviyatga mazmun jihatidan yaqin keladigan ma'rifat, madaniyat, axloq, tamaddun (sivilizatsiya) tushunchalari mavjud. ma'naviyat ular orasida umumiyroq mazmun-mohiyatga ega. Garchi bu tushunchalarning har biri ma'naviyat iborasidan ozmi-ko'pmi farq qiladigan muayyan manoni anglatsa ham, kengroq nuqtai nazardan qaraganda, ular ma'naviyat tushunchasi doirasiga kiradi.1 Shunday qilib ma'naviyat (arabcha, manolar majmui) kishilarning falsafiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuini tashkil etadi. Shu jihatdan olib qaraganda, I.A.Karimovning ma'naviyat haqida gap ketar ekan, men avvalo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga davat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e'tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini o'yg'otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur qilaman, degan fikrlari muhim ahamiyatga egadir. ma'naviyat insonning ongi, tuyg'usi, hissiyoti, bilimi va e'tiqodida mujassamlashgan ruhiy sifat bo'lib, u shaxs kamoloti va barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Chunki fuqarolari ma'naviy barkamol jamiyatgina ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksak cho'qqilarga ko'tariladi. Inson va jamiyat ma'naviy hayotining rivojlanishida ijtimoiy va individual ongning roli kattadir. Chunki tabiat va jamiyatda yuz berayotgan turli-tuman o'zgarishlar, har xil sohalardagi yangiliklar fuqarolar ongida o'z aksini topadi. Kishilar ongiga ta'sir etgan voqea-hodisalarga nisbatan ular o'z qarashlarini, fikrlarini ifodalaydilar. Ana shu ifodalash ijtimoiy va individual ong mahsuli sifatida namoyon bo'ladi. Ijtimoiy ong tabiiy va ijtimoiy voqelikning inikosi, jamiyatning muayyan davriga yoki qismiga tegishli bo'lgan umumiy his-tuyg'ular, kayfiyatlar, qarashlar, g'oyalar, nazariyalar majmuidir. Masalan, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari mustaqillikka nisbatan o'z his-tuyg'ulari, yani mustaqillik tufayli yurtimizda ozodlik, erkinlik, demokratiya kengayayotgani, odamlar ruhiyati, maqsadlarining erkin bayon qilinishi, dolzarb muammolar xususida o'zlarining fikrlarini ayta olishlariga imkoniyatlarning tobora kuchayib borayotgani xususida fikr bildirmoqdalar. Bu ijtimoiy ongning ifoda etilishidir. Individual ong ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.03 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.03 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga