Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish va ta'lim prinsiplari

Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish va ta'lim prinsiplari

O'quvchilarga / Pedagogika
Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish va ta'lim prinsiplari - rasmi

Material tavsifi

Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish va ta'lim prinsiplari Reja: 1. Pedagogik tizimni muvofiqlashtirishning nazariy va amaliy yo'nalishlari. 2. Muvofiqlashtirishning tarkibiy tuzilishi. 3. Muvofiqlashtirishda yangiliklarni bloklashtirish. 4.Ta'lim sohasidagi innovatsiya jarayonlari turlari. Asosiy tushunchalar: pedagogik tizim, nazariy va amaliy, muvofiqlashtirish, bloklashtirish, innovasiya, jarayon. Avvalo, qaysi darslarni integrasiyalash uchun mos kelishini aniqlab olish kerak. Bunday darslarning asosi turli fanlar asosiy mavzulari esa mazmunining yaqinligi va mantiqiy aloqalari bilan bog'liq. Savod o'rgatish darslari (o'qish va yozishga o'rgatish). Integrasiyalangan darslar boshdan integrasiyalangan kurs bu sinfdan tashqari o'qish. Bu yerda yaxlit jarayon kechadi: A) kitob o'qish asbobi sifatida o'qish darslarida olgan ko'nikmalarini takomillashtirish; B) matn ustida ishlash; V) suhbatdoshlar doirasini tanlash, kitoblarni tanlash kabi. Matematika ham integrasiyalangan kurs- arifmetik materialni o'zlashtirishga imkon beruvchi arifmetika, algebra va geometriya elementlari va shu bilan birga algebra va geometriya, mehnat ta'limi asoslarini o'rgatishga tayyorgarlik. Boshdan integrasiyalangan kurs tabiatshunoslik (tabiatshunoslik asoslari, geografiya). Boshda integrasiyalangan yuqoridagi kurslardan tashqari quyidagi fanlar o'zaro birikishi mumkin: o'qish - rus tili, o'qish - tabiatshunoslik, o'qish - tasviriy san'at, o'qish musiqa, tabiatshunoslik - matematika, tabiatshunoslik - mehnat ta'limi, matematika - mehnat ta'limi, matematika - jismoniy tarbiya. Didaktik tizimda predmetlararo asoslashda integrasiyalash o'qituvchi (ta'lim berish) va o'quvchi (ta'lim olish) harakatlarining mos kelishini ko'zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilishga ega: maqsadlar, sabablar, mazmun, vositalar, natijalar, nazorat. Biroq o'qituvchi va o'quvchi faoliyatlarining mazmunida farq bor. 1. Maqsadli bosqichda o'qituvchi umumiy maqsadni qo'yadi. O'quvchilar, o'qituvchi boshchiligida predmetlararo bog'liqliklarini tushunib etishlari, turli predmetlardan kerakli bilimlarni tanlab olishlari kerak, bunda ular o'z e'tibor fikrlarini faqat umumiy bilimlarini o'zlashtirishga emas, balki, ko'chirish, tahlil qilish, shaxsning belgilari, qobiliyat va qiziqishlarining rivojlantirishga qaratishlari kerak. 2. Isbotlash bosqichida o'qituvchi o'quvchilarning dunyoqarashini o'stiruvchi bilimlarga turli predmetlar tushunchalarini umumlashtirishga rag'batlantiradi. O'quvchilar o'z irodalarini, dunyoqarashini kengaytiruvchi bilimlarga qiziqishi yo'naltiriladi. 3. Faoliyatning mazmun bosqichida o'qituvchi yangi o'quv materialini kiritadi, shu bilan birga integrasion dalillar, tushunchalar, muammolar majmui darajasidagi boshqa predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi. O'quvchilar umumpredmetli tushuncha, muammolarni umumiy bilimlar darajasida o'zlashtiradilar. 4. Vositalar tanlash bosqichida o'qituvchi turli predmetlar bilimlarini umulashtirishga yordam beruvchi ko'rgazmali vositalarni darsliklar, tablisalar, sxemalar, savolnomalar, amaliy vazifalar. O'quvchilar ko'chirish, umumlashtirish, biriktirish xarakterlarini integrasion masalalarni hal qilishda ko'rgazmali vositalar yordamida bajaradilar. 5. Keyingi bosqis - natija. O'qituvchi ta'lim berish, rivojlantirish, tarbiyalash, maqsadida integrasiyani amalga oshirish uchun pedagogik bilimlarni qo'llaydi. O'quvchi bilimlar tizimida umumlashtirib, ularni amalda qo'llaydi. 6. Nazorat qilish bosqichida o'qituvchi bir- biri bilan bog'langan predmetlarga o'quvchilarnng tayyorgarligini baholaydi, nazorat qiladi, o'zlashtirish sifatida baholaydi. O'quvchilar o'z bilimlarini baholashni, turli predmetlar bo'yicha o'z-o'zini ham, ularni birlashtirish ko'nikmalarini nazorat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.23 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.23 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga