Intellektual nuqsonli bolalar Oligorofren nuqsonli bolalar Oligorofren bolalar ta'rifi Oligofreniya yunoncha oligos - kam, oz fren - aql so'zlaridan olingan bo'lib, esi past, aqli past demakdir. Oligofren bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar umrbod saqlanib qolish bilan boshqa anomal bolalardan farq qiladilar. Oligofreniya bola markaziy nerv sistemasining ona qornidaligi davrida, tug'ilish vaqtida va tug'ilgandan to uch yoshgacha bo'lgan davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi. Agarda, turli sabablarga ko'ra, aqlan zaiflik bolaning uch yoshidan keyingi davrida paydo bo'lsa, buni endi orttirilgan aqliy zaiflik - demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressiv, yani tabiatan kuchayib boradigan bo'ladi. Oligofreniyada esa nuqsonning kuchayib borishi kuzatilmaydi. Kelib chiqish sabablariga ko'ra oligofreniya tug'ma, hamda orttirilgan bo'lishi mumkin. Oligofreniya bola uch yoshgacha bo'lgan davr ichida turli xil og'ir kasalliklar bilan kasallanishi (meningit, meningoentsefalit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi) natijasida ham vujudga keladi. Aqliy (intellektual) rivojlanishiga ko'ra oligofreniya uch darajada namoyon bo'ladi: 1) debillik; 2) imbetsillik; 3) idiotiya. Debillik - aql pastlik oligofreniyaning eng yengil darajasi bo'lib, bunday bolalarni tashqi ko'rinishiga qarab sog'lom tengdoshlaridan ajratib bo'lmaydi. Oligofren bolalar vaziyatni etarli darajada anglay olmaydilaro, xatti-harakatlarni vaziyatga qarab, adekvat uzgartira olmaydilar. Ularda o'z-uziga va atrofdagilarga nisbatan tanqidiy munosabat birmuncha sust bo'ladi. Yuqorida ko'rsatilgan bir qator kamchiliklarga qaramay, oligofren bolalar bilan to'g'ri tashkil etilgan maxsus ta'lim-tarbiya ishlari natijasida defektologlar ularni mustaqil hayotga tayyorlash, kasb-hunarga O'rgatish borasida katta yutuqlarga erishmoqdalar. Maxsus yordamchi mehnat maktablarida ta'lim-tarbiya olib chiqqan debil bolalar hayotda o'z O'rnini topib, sanoat hamda qishloq xO'jalik ishlab chiqarishning turli sohalarida, maishiy xizmat sohasida faol mehnat qilib yashamoqdalar. Tarbiyachi va O'qituvchilarning muhim vazifasi oligofren bolalarni boshqa anomal bolalardan ajratib, ularni iloji boricha ertaroq tegishli muassasalarda ta'lim-tarbiya olishlarini ta'minlab berishadi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.61 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.61 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:06 ]
Arxiv ichida: pptx