Intellektual salohiyatli ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o'rni

Intellektual salohiyatli ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o'rni

O'quvchilarga / Pedagogika
Intellektual salohiyatli ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Intellektual SALOHIYATLI ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash komil insonni VOYAGA YETKAZISHDA MAMLAKAT ENG YANGI TARIXINING TUTGAN O'RNI Reja: O'zbekiston mustaqillikdan so'ng erishilgan yutuqlar. Imkoniyatlar yoshlar hayotida tub burulish yasadi. Demokratik huquqiy davlatda yashash. Mustaqillik tufayli O'zbekistonda milliy, demakki, ma'naviy-ruhiy erkinliklarga keng yo'l ochildi, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy, madaniy hayotining muhim tarmog'i hisoblangan, ma'naviyatnishakllantirishga bevosita ta'sir qiladigan hayotiy muhim omillardan bo'lgan yuksak ma'naviyatli, dunyoqarashi keng qamrovli, intellektual salohiyatli, ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga Buyuk shaxslar ta'kidlaganidek, Yoshlar bilan ishlashda ham yangi yondashuvlar kerak. Zero, bugungi yoshlarimizning nafaqat jismoniy va ma'naviy sog'lom o'sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo'lgan, uyg'un rivojlangan insonlar bo'lib, XXI asr talablariga to'liq javob beradigan barkamol avlod bo'lib voyaga etishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratish hukumatimiz oldiga qo'yilgan eng oliy maqsadlardandir. Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda yoshlar ijtimoiy-siyosiy kuch sifatidagi faoliyatining muhimligi va amaliy ahamiyati, O'zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy-siyosiy islohotlar, jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizatsiyalash va yangilash masalasi bilan chambarchas bog'liqligida hisoblanadi. Chunki, mamlakat aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi. Yoshlarning bilim olishi, ta'lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi masalalari O'zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish va rivojlantirish masalasiga alohida g'amxo'rlik ko'rsatilib, yoshlarga oid qonun, qaror va davlat dasturlari qabul qilindi hamda izchil ravishda hayotga tatbiq etilmoqda. Bu siyosatning mazmun-mohiyati, asosiy yo'nalishlari, yoshlarga beriladigan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy kafolatlar O'zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to'g'risidagi qonunida belgilab qo'yilgan. Qonunga ko'ra, yoshlar masalasi O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lib, uning maqsadi yoshlarning bilim olishi, ta'lim-tarbiyasi, kasbiy tayyorgarligi, ijtimoiy-siyosiy shakllanishi vakamol topishi, ijodiy iqtidorining to'liq ro'yobga chiqishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iborat. Respublika yoshlarini birlashtirib, keng qamrovli faoliyat olib borayotgan yangi shakllangan yoshlar tashkiloti barkamol avlodni tarbiyalashda ulkan ishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularning iste'dodini ro'yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratib berayotgan turli jamg'armalar faoliyatini ham yuksak baholash mumkin. Mamlakatning intellektual va ma'naviy salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi, globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini ko'paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, aholining yuksak ma'naviy darajasi esa odamlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, o'z huquq va erkinliklarini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yo'lida foydalanish imkonini beradi. Agar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va ma'naviy-ma'rifiy ehtiyoj bo'lsa, tarix fani esa, bu ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.03 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:06 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.03 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga