Interfaol metodlar va ularning qo'llanilishi Reja: «Aqliy hujum» strategiyasi «Baliq skeleti» grafik organayzeri (GO) «Bahs-munozara» strategiyasi «Bilaman. bilishni xohlayman. Bilib oldim» (BB) grafik organayzeri «Bumerang» strategiyasi «Venn diagrammasi» grafik organayzeri «AQLIY HUJUM» strategiyasi Strategiya o'quvchi (tinglovchi va kursant)larning mavzu xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, o'z tasavvurlari, g'oyalaridan ijobiy foydalanishga doir ko'nikma, malakalarni hosil qilishini rag'batlantiradi. Uning yordamida tashkil etilgan mashg'ulotlarda ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original (o'ziga xos) yechimlarni topish imkoniyati tug'iladi. Strategiya mavzu doirasida malum qarashlarni aniqlash, ularga muqobil g'oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi. Uni samarali qo'llashda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: Mashg'ulotda strategiyani qo'llashda quyidagilarga etibor qaratish lozim: O'quvchi (tinglovchi va kursant) larni muammo doirasida keng fikr yuritishga undash, ular tomonidan mantiqiy fikrlar bildirilishiga erishish Har bir o'quvchi (tinglovchi va tinglovchi) Har bir o'quvchi (tinglovchi va kursant) tomonidan bildirilayotgan fikrlar o'zining shaxsiy fikriga asoslanishi va rag'batlantirilib boriladi, bildirilgan ularni o'zgartirishi mumkin; avval fikrlar orasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirish, eng maqbullari tanlab olinadi; turkumlashtirish yoki ularni o'zgartirish fikrlarning rag'batlantirilishi ilmiy asoslangan fikrlarning navbatdagi yangi fikrlarning tug'ilishiga shakllanishiga zamin hozirlaydi, olib keladi tug'ilishiga olib keladi Mashg'ulotda o'quvchi (tinglovchi va kursant)lar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildiriladigan fikrlarni baholashga yo'l qo'yilmaydi (zero, fikrlar baholanib borilsa, o'quvchi (talaba)lar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadi, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi; metodni qo'llashdan ko'zlangan asosiy maqsad o'quvchi (tinglovchi va kursant)larni muammo bo'yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutib, ularni baholab borishdan voz kechishdir) «BALIQ SKELYeTI» grafik organayzeri (GO) Grafik organayzer o'quvchi (tinglovchi va kursant)larda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va yechish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo'llashda o'quvchi (tinglovchi va kursant)larda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma'lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko'nikmalari rivojlanadi. Undan foydalanish quyidagicha amalga oshiriladi: o'qituvchi o'quvchi (tinglovchi va kursant)larni GOni qo'llash sharti bilan tanishtiradi; o'quvchi (tinglovchi va kursant)lar kichik guruhlarga biriktiriladi; guruhlar topshiriqlarni bajaradi; guruhlar o'z yechimlarini jamoaga taqdim etadi; jamoa guruhlarning yechimlari yuzasidan muhokama uyushtiradi O'quvchi (tinglovchi va kursant)lar topshiriqlarni quyidagi tasvir asosida bajaradi: «BAHS-MUNOZARA» strategiyasi «Bahs-munozara» strategiyasi ikki yoki undan ortiq shaxslar tomonidan muayyan vaqt oralig'ida va qatiy qoidalarga muvofiq tashkil etiladigan og'zaki bahs bo'lib, o'quvchi (tinglovchi va kursant)larda o'rganilayotgan mavzu bo'yicha erkin, asosli fikrlarni bildirish qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. O'quv mashg'ulotlarida bahs-munozaradan foydalanishda mavzuga doir malum masalalar hal qilinadi. Uni qo'llashda quyidagi tartibda ish ko'riladi: Bahs-munozara uchun tanlangan mavzu o'quvchi (tinglovchi va kursant) larga oldindan malum qilinadi Izoh: 1) bir o'quvchi (tinglovchi va kursant) ga ikki marta so'zga chiqishga ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
148.34 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
148.34 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:07 ]
Arxiv ichida: docx