Interfaol metodlar va ularning tasnifi

Interfaol metodlar va ularning tasnifi

O'quvchilarga / Pedagogika
Interfaol metodlar va ularning tasnifi - rasmi

Material tavsifi

Interfaol metodlar va ularning tasnifi Noan'anaviy (interfaol) dars mashg'ulotlari; Rolli, ishbilarmonlik va didaktik o'yin-darslar; Noan'anaviy dars bosqichlari va tamoyillari; Hamkorlik muloqoti va ikki yoqlama aloqa; Kichik guruhlarda ishlash xususiyatlari haqida bilim berish. Interfaol metod va ularning strategiyasi. Reja: Pedagogik jarayonni tashkil etishda xar bir talabaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish zarur. Pedagogik muloqot o'rnatish uchun zamonaviy, innovatsion texnologiyalardan foydalanish ehtiyoji tug'ildi. Bu texnologiyalardan biri interaktiv dars usullaridir. Lotinchadan inter- o'zaro, akt- muloqot, yaqinlikdir. Interaktiv usullardan foydalanishdan maqsad shuki, darslarni qiziqarli, sermazmun, eng muhimi samarali qilib o'tkazishdir. Bunda talabaning bilimi ortadi, shaxsiyati rivojlanadi va o'quv jarayonining maxsuldorligi ko'payadi. Ma'lumki yaxshi o'zlashtirish uchun shunchaki tinglab, yozib o'tirish yetarli emas, balki shu material ustida faol ishlash, o'ylab ko'rish, muhokama qilib chiqish, yordamchi vazifalar bajarishi kerak. Interfaol tushunchasi Hozirgi paytda biz pedagoglarning asosiy vazifamizdan biri talabada mustaqil shug'ullanish malakasini hosil qilishidir. Interaktiv usullardan foydalanilganda, talabaning barcha psixik jarayonlari idrok ong, diqqat, xotira, sezgi, aql, tasavvur, tafakkuri ishga tushib, muammoni yechish uchun izlashga, qidirishga, fikrini rivojlantirishga yo'naltiriladi. Interaktiv usullarga: miya hujumi, mojaro metodi, dumaloq stol, uch bosqichli intervyu, muammolarni hal qilish metodi, stol o'rtasidagi ruchka, galereyani aylanish, akademik munozara, kor buron metodi, asalari galasi kritik vaziyatni tahlil qilish va boshqalar kiradi. Mashg'ulotlarni tashkil qilish usullari Qatnashchilarga o'z g'oyalari va fikrlari bilan qo'proq o'rtoqlashishi, ularning bir-biridan o'rganishi uchun imkon beradi. Kichik guruhlarda qatnashchilar katta guruhda aytishlari mumkin bo'lgan fikrlardan boshqacha fikrlarni aytishlari mumkin . Diqqat markazini pedagogdan qatnashchilarga kuchiradi. Qatnashchilarni o'z ustlariga ko'proq mas'uliyat olishga majbur qiladi. AFZALLIKLARI: Masalan: Talabalarga pedagogika tarmoqlarini sanab berish topshiriladi. Javob berilayotganda - javoblar izohlanmaydi yoki o'rinsiz deb rad etilmaydi. Javoblar tugagach talabalar o'qituvchi bilan birgalikda javoblarni muhokama qilishadi. Yoki psixologiyadan tafakkur operastiyalarini sanab berish topshiriladi. guruh a'zolari shu mavzu yuzasidan gaplashib, miyaga nima kelsa, shularning hammasini daftarga yozib olishadi. Keyin hamma o'z fikrini bayon etadi. G'oyalarni yozish uchun bir kishini ajratish kifoya qiladi. Bu metod guruhni birlashtirib, yakdil qiladi. Interfaol mashg'ulot turlari: Miya hujumi Topshiriq yozib qo'yilgan qog'oz varag'i davra bo'ylab o'tkaziladi. Har bir talaba o'zining javob variantini yozib qo'yadi va varaqni boshqa talabaga uzatadi. Javoblar tugagach, muhokama bo'ladi. Noto'g'ri javoblar o'chiriladi, to'g'ri javoblar soniga qarab talabalar baholanadi. Masalan: 1 Pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ko'rsating. 2 Pedagog mahoratlarini aytib bering. Yoki 1 Shaxs komponentlarini belgilab bering. 2 Leongard bo'yicha xarakter xususiyatlarini sanab bering va h. k. Dumaloq stol metodi: Guruh 3 ga bo'linadi pedagog - talaba - ekspert. Har bir guruh shu rollarni egallaydi. Pedagog guruhi mavzu bo'yicha savol va topshiriqlar berishi, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.58 MB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.58 MB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga