Interfaol ta'lim metodlari va ulardan foydalanish tartibi

Interfaol ta'lim metodlari va ulardan foydalanish tartibi

O'quvchilarga / Pedagogika
Interfaol ta'lim metodlari va ulardan foydalanish tartibi - rasmi

Material tavsifi

Interfaol ta'lim metodlari va ulardan foydalanish tartibi Reja: Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim turlari. Hamkorlik ta'limiyo'nalishlari Eng ommaviy interfaolmetodlar. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim turlari. Zamonaviy sharoitda ta'lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilishi talab qilinmoqda. O'zida ana shu imkoniyatlarni namoyon eta olgan ta'lim shaxsga yo'naltirilgan ta'lim deb nomlanadi. Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim - talabaning fikrlash va harakat strategiyasini inobatga olgan holda uning shaxsi, o'ziga xos xususiyatlari, qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim. Ushbu ta'lim pedagog va talaba o'rtasidagi o'zaro munosabat hamkorlik va tanlash erkinligiga asoslanib, talabani qadriyat sifatida etirof etilishini uchun sharoit yaratadi. Odatda shaxsga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining quyidagi turlari farqlanadi: Modul ta'lim texnologiyalar. Muammoli ta'lim texnologiyalar. Interfaol ta'lim texnologiyalar. Individual ta'lim texnologiyalar. Masofaviy ta'lim texnologiyalar. Kompyuter ta'lim texnologiyalar. Hamkorlik ta'lim texnologiyalar. Loyiha ta'lim texnologiyalar. Dasturiy ta'lim texnologiyalar. Tabaqalashtirilgan ta'lim texnologiyalar. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalar. O'yin texnologiyalari. Gender ta'lim texnologiyalar. Quvvatni tejovchi ta'lim texnologiyalar. Hamkorlik ta'limi texnologiyalarining didaktik mohiyati. Zamonaviy sharoitda hamkorlik ta'limi, uni tashkil etish o'ziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Hamkorlik ta'limi - o'quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o'zlashtirishlari, o'zaro rivojlanishlari, ―pedagog talaba(lar) munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini ifodalovchi ta'lim bo'lib, uning asosiy g'oyasi o'quv topshiriqlarini jamoada, kichik guruhlarda yoki juftlikda birgalikda, o'zaro hamkorlikda bajarish sanaladi Hamkorlik ta'limiyo'nalishlari: ta'limiy hamkorlikka asoslanuvchi munosabatlarni tashkil etish; talabalarga insonparvarlik g'oyalari asosida individual yondashish; ta'lim jarayonida kasbiy va ma'naviy birlikning qaror topishiga erishish. Hamkorlik ta'limitexnologiyalari Hamkorlik ta'limitexnologiyalari - o'quv jarayonida talabalarning jamoada, kichik guruh va juftlikda bilimlarni birgalikda o'zlashtirishlari, o'zaro rivojlanishlari, shuningdek, ―pedagog-talaba(lar) munosabatining hamkorlikda tashkil etilishini taminlovchi ta'limiy xarakterdagi texnologiyalar. HTTning g'oyalari o'tgan asrning 80-yillarida J.J.Russo, K.D.Ushinskiy, V.A.Suxomlinskiy, A.S.Makarenko va boshqa novator-pedagoglarning qarashlari asosida shakllangan. HTT talabalarda intellektual, ma'naviyaxloqiy va jismoniy qobiliyat,qiziqish, motivlarni rivojlantirish asosida dunyoqarashni hosil qilish maqsadini ilgari suradi. HTT ―Cooperative learning dan farq qilib, u juftlik va kichik guruhda ishlash orqali talabalarning jamoada faoliyat yuritish ko'nikmalariga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. HTTning tarkibiy elementlari: Tayanch konspekt (fizik, matematik va kimyoviy formulalar, tezislar, izohlovchi suratlar, qisqacha xulosalar, ramziy belgilar, sxemalar, grafiklar, jadvallar, diagrammalar) dan foydalanish. Bilimlarni test asosida sinovdan o'tkazish. Talabalarning o'zlashtirish ko'rsatkichlarini baholash. HTT tamoyillari: juftlik va kichik guruh a'zolarining o'zaro birligi; juftlik va kichik guruhda har bir azoning shaxsiy va guruh muvaffaqiyati uchun javobgarligi; kichik guruhda hamkorlikka asoslangan o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish; guruh va jamoa ishining umumiy baholanishi. HTTning belgilari: talaba shaxsi, individualligiga etibor qaratish; tayyor bilimlarni o'zlashtirish va ularni qayta ishlab chiqishni inkor qilish; talabalarda mustaqil va tanqidiy tafakkurni rivojlantirish; pedagogga va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 102.69 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 102.69 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga