Interfaol ta'lim metodlari. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari

Interfaol ta'lim metodlari. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Interfaol ta'lim metodlari. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: Interfaol metodlar mazmuni va ularning qo'llanilishi. Interfaol ta'lim metodlari turlari va ularni ta'lim jarayonida qo'llash metodikasi. Rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalari va usullari. Interfaol metodlar deganda-ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. ta'lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. tushunchasi ingliz tilida interact(rus tilida interaktiv) tarzida ifodalanib, lug'aviy nuqtai nazardan inter - o'zaro, act - harakat qilmoq kabi manolarni anglatadi Interfaol ta'lim talabalarning bilim, ko'nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lidagi o'zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta'lim. ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an'anaviy ta'lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o'zaro munosabatlar shakllarida tashkil etiladi: O'qituvchi - ta'lim oluvchi an'anaviy ta'limdagi suhbat ishtirokchilari O'qituvchi - ta'lim oluvchi. Amerikalik psixolog olimlar R.Karnikau va F.Makelrouning o'rganishlariga ko'ra, shaxsning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda o'zlashtirilgan bilimlarni turli darajada saqlab qolish imkonini beradi. Yani shaxs: manbani o'zi o'qiganida 10 %; ma'lumotni eshitganida 20 %; sodir bo'lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko'rganida 30 %; sodir bo'lgan voqea, hodisa yoki jarayonni ko'rib, ular to'g'risidagi ma'lumotlarni eshitganida 50 %; ma'lumot (axborot)larni o'zi uzatganida (so'zlaganida, bilimlarini namoyish etganida) 80 %; o'zlashtirilgan bilim (ma'lumot, axborot)larni o'z faoliyatiga tatbiq etganida 90 % hajmdagi ma'lumotlarni yodda saqlash imkoniyatiga ega ekan. Odatda interfaol metodlarga asoslangan ta'limiy harakatlar quyidagi shakllarda tashkil etiladi: individual; juftlik; guruh; jamoa bilan ishlash. Interfaol metodlar. Keys-stadi (yoki O'quv keyslari), Blits-so'rov, Modellashtirish, Ijodiy ish, Muammoli ta'lim va b. Interfaol ta'lim strategiyalari. Aqliy hujum, Bumerang, Galereya, Zig-zag, Zinama-zina, Muzyorar, Yumaloq stol va k. Interfaol ta'lim metodlari tarkibidan interfaol ta'lim strategiyalarini ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv malum manoda strategik yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning orasida boshqa farqlar yo'q. Interfaol grafik organayzerlar. Baliq skeleti, BB, Kontseptual jadval, Venn diagrammasi, T-jadval, Insert, Klaster, Nima uchun?, Qanday? va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday mashg'ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko'rinishda ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash xam ko'proq jihatdan interfaol ta'lim metodlariga tegishli bo'lib, ularning orasida boshqa farqlar yo'q. AQLIY HUJUM metodi- biror muammo bo'yicha o'quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali malum bir yechimga kelinadigan metoddir. Muammoli savol beriladi Fikr va g'oyalar bildiriladi va jamlab boriladi Fikr va g'oyalar guruhlanadi Aniq va to'g'ri javoblar tanlab olinadi KIChIK GURUHLARDA IShLASh metodi- ta'lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.88 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:07 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 1.88 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga