Interfaol ta'lim va uning didaktik imkoniyatlari Reja: Interfaol ta'limning umumiy tavsifi Interfaol ta'lim va uning didaktik imkoniyatlari Interfaol ta'limning asosiy belgilari Bugungi tezkor zamonda ta'lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo'li - mashg'ulotlarni interfaol metodlar yordamida tashkil etish, deb qaralmoqda. Xo'sh, interfaol metodlarning o'zi nima? Ular qanday didaktik imkoniyatlarga ega? ta'lim jarayonida interfaol metodlarning o'rinli, maqsadga muvofiq qo'llanilishi qanday samaralarni kafolatlaydi? Quyida ana shu savollarga javob berishga harakat qilamiz. Yuqoridagi savollarga javob topishda dastlabki eng to'g'ri qadam tayanch tushuncha - «interfaol» atamasining lug'aviy manosi bilan tanishishdir. «Interfaol» tushunchasi ingliz tilidagi «interact»(rus tilida «interaktiv») so'zidan olingan bo'lib, lug'aviy nuqtai nazardan «inter» - o'zaro, ikki taraflama, «act» - harakat qilmoq, ish ko'rmoq kabi manolarni anglatadi Interfaol ta'lim - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko'nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etishga asoslanuvchi ta'lim Interfaollik - ta'lim jarayoni ishtirokchilarining bilim, ko'nikma, malaka hamda muayyan axloqiy sifatlarni o'zlashtirish yo'lida birgalikda, o'zaro hamkorlikka Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o'zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi. ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassis yaxshi biladiki, an'anaviy ta'lim ham suhbat (dialog)ga asoslangan va bu suhbat quyidagi o'zaro munosabatlar shakllarida tashkil etiladi: an'anaviy ta'limda ham tabiiy ravishda suhbat asosini axborot tashkil etadi. Ammo axborot uzatishning asosiy manbai o'qituvchining tajribasi bo'lib, bu jarayonda u yetakchilik, dominantlik qiladi, yani u darsning asosiy vaqtida bilimlarni og'zaki tarzida o'quvchi (tinglovchi va kursant)larga yetkazib berishga intiladi. Faollik ko'rsatish o'qituvchigagina xos bo'lib, o'quvchi (tinglovchi va kursant)lar bu vaziyatda sust tinglovchi bo'lib qoladi. Ularning asosiy vazifasi o'qituvchini tinglash, zarur o'rinlarda yozish, savollar bilan murojaat qilinganida javob qaytarish, kam holatlarda (ruxsat etilganidagina) so'zlashdan iboratdir. an'anaviy ta'limdagi bir tomonlamalik oliy ta'lim tizimidagi faqat ma'ruza mashg'ulotlarida emas, seminar darslarida ham ustuvorlik qiladi. Unga ko'ra, «yetkazib beruvchi» rolida endi o'qituvchi emas, balki o'quvchi (tinglovchi va kursant) namoyon bo'ladi. O'quvchi (tinglovchi va kursant), asosan, o'zi o'zlashtirgan bilimlarni namoyish etadi, o'qituvchi esa uning fikrlarini tinglaydi, zarur o'rinlarda savollar bilan murojaat qiladi. O'quvchi (tinglovchi va kursant)lar guruhi (jamoasi) bu vaziyatda butunlay sust ishtirokchi, tinglovchi bo'lib qoladi. Bir qarashda o'quvchi (tinglovchi va kursant) yoki o'qituvchi tomonidan uzatilayotgan axborotlarning qabul qilinishi o'quvchi (tinglovchi va kursant)lar guruhi (jamoasi) uchun bilimlarni o'zlashtirish imkoniyatini yaratayotgandek taassurot uyg'otadi. Biroq, psixologik tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, bu tarzda qabul qilingan bilim (ma'lumot)lar juda tez unutiladi. Xususan, amerikalik psixolog olimlar R.Karnikau va F.Makelrouning o'rganishlariga ko'ra, shaxsning tabiiy fiziologik-psixologik imkoniyatlari muayyan shakllarda o'zlashtirilgan bilimlarni turli darajada saqlab qolish imkonini beradi. Yani: shaxs ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
134.06 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:07
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
134.06 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:07 ]
Arxiv ichida: docx