Interfaol usullar Reja: Stol ustida ruchka usuli Dumaloq stol usuli Galereya bo'ylab sayohat usuli Qor bo'lakchalari usuli Qor uyumi usuli Kim ko'proq, kim tezroq usuli Kuchsiz zveno usuli DISSKUSSIYA USULI MIYA SHTURMI Bu usullardan biri Miya shturmi deb nomlanadi. U ko'pgina yangi va turli-tuman fikrlarni to'plashga juda mos keladi. Ish kichik guruhlarda tashkil qilinadi, rahbarlar ishtirokchilar bilan teng huquqda ishtirok etganlari ma'qul. 10-15 daqiqa davomida guruhlarda aniq bir masala muhokama qilinadi. Har bir ishtirokchi o'z fikrini taqdim etadi, shu bilan birga, ishtirokchilardan biri go'yalarni kartochkalarga yozib boradi. Vaqt tugagach, fikrlarni guruhlarga ajratish lozim. Bu bosqichda endi bahs va munozaralar o'tkazish mimkin. Shturm maqsadiga muvofiq, fikrlar guruhlangach, har bir guruhga nom berish mumkin. So'ng esa eng dolzarb, muhimlarni ajratib olish, rejalashtirish va hokazo. Ikkinchi usul Ong xaritasi deb ataladi. Bu usul biror-bir kompleks muammoni hal etishda uning barcha sohalarini yaqqol ko'rishga, ba'zi bir muhim fursatlarni ko'zdan yo'qotmaslikka imkon beradi. Bu usul guruhlarda va yakka holda ishlashga mos keladi. Biror-bir aniq ish faoliyati uchun mavjud (yoki kelajakda zarur bo'ladigan) shaxs fazilatlarini hamkorlikda aniqlah bo'yicha guruh bo'lib ishlash uslubini taqdim etamiz. Uslubning qimmati - uning o'yin shaklida amalga oshirilishi, ko'rgazmali bo'lishi va guruhda munozara qilish imkoniyatini bera olishdir. Stol ustida ruchka usuli Tahsil olayotgan guruh talabalari 2 ta guruhchaga ajratiladi. Talabalarga savol yozilgan qog'oz beriladi va talabalar qog'ozga ism shariflarini yozadilar. O'qituvchi mashg'ulotni diqqat bilan kuzatadi, agar talaba qog'ozdagi savolga javobni bilmasa, qo'lidagi ruchkani stol o'rtasiga qo'yadi. Boshqa talaba javob berishga kirishadi. Talaba javob bera olmay o'z ruchkasini stol o'rtasiga 3 marta qo'ysa, amaliy mashg'ulotning nazariy qismini o'zlashtirmagan talaba sifatida savol-javoblarda qatnashmaydi, ammo amaliyotni bajarishda ishtirok etadi, mashg'ulotning nazariy qismidan ball olib bo'lmaydi. Bu usulda bitta talabaga 5-6 ta savol yozilgan qog'oz beriladi va barcha qog'ozlarga talabalar ism shariflarini va javobni yozadilar. Dumaloq stol usuli Stol ustiga vaziyatli masala (mavzuga oid savol) yozilgan qog'oz tashlanadi. Har bir talaba o'zining javob variantini yozib boshqa talabaga qog'ozni uzatadi. Hamma o'z javobini yozib bo'lgandan keyin tahlil qilinadi: noto'g'ri javoblar o'chirilib, to'g'ri javoblar muhokama qilinadi, talabalar bilim darajasi baholanadi. Bu usul nafaqat yozma, balki og'zaki holda ham olib borilishi mumkin. O'qituvchi tomonidan savol to'liq va aniq berilishi lozim. Galereya bo'ylab sayohat usuli Guruh talabalri kichik 2-4 guruhlarga bo'linadi va har bir kichik guruhlarga bittadan muammoli (vaziyatli masala) savol yozilgan qog'oz beriladi. O'qituvchi amaliy mashg'ulotlarda rangli qog'ozlardan foydalanadi. Har bir kichik guruh 10 daqiqa davomida o'zlarining fikrlarini yozib, boshqa guruhdagi javob varaqalari bilan almashadilar. Keyingi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.49 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.49 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:07 ]
Arxiv ichida: doc