Iqlim o'zgarishi va oziq ovqat hamda ekologik xavfsizligi masalalari Reja: 1.Iqlim o'zgarishi va ekologik muammolar chegara bilmaydi 2.Oziq ovqat xavfsizligi 3.Oziq ovqat xavfsizligi insoniyatning asosiy muammolaridan biri KIRISH Inson paydo bo'libdiki, doimiy ravishda tabiat bilan uyg'un holda munosabatga kirishib kelmoqda. Biroq hozirgi kunga kelib, yer yuzida insoniyatning asrlar osha ko'payib kelayotganligi tabiatga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirib yubordi. Shu jihatdan bugungi kunda kelajak avlodni tarbiyalashda ekologik ta'lim-tarbiyani kuchaytirish, atrof-muhitga bo'lgan munosabatini yaxshilash, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish orqali tabiatga keltirilayotgan zararning oldini olish, ekologigik muammolar keskinlashuvini bartaraf etishning samarali yechimlarini topish o'z yechimini kutayotgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Jamiyat tabiat rivojlanishining oliy bosqichi bo'lib, alohida ijtimoiy mazmunga ega. 2022-yil 27-may kuni Toshkent shahrida O'zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ga raisligi doirasida SHHTga a'zo davlatlarning atrof-muhit masalalari bo'yicha mas'ul vazirlik va idoralari rahbarlarining uchinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Gibrid formatda tashkil etilgan yig'ilishda SHHTga a'zo davlatlarning (Hindiston Respublikasi, Qozog'iston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qirg'iziston Respublikasi, Islomiy Pokiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi) atrof-muhit masalalari bo'yicha mas'ul vazirlik va idoralari hamda SHHT Kotibiyati vakillari ishtirok etdi. Yig'ilishni O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisi N.Oblomuradov olib bordi. Yig'ilish avvalida delegatsiyalar rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorligi holati va rivojlantirish istiqbollari to'g'risida taqdimot qildilar. Iqlim o'zgarishi va ekologik muammolar chegara bilmaydi. Ular bilan kurashish esa global, mintaqaviy va milliy miqyosdagi kompleks sa'y-harakatlarni talab etadi. Ekologik xavf-xatar tobora keskin tus olayotgan bir davrda bu boradagi hamkorlikni yanada rivojlantirish SHHTga a'zo davlatlar uchun jiddiy ahamiyatga ega. Shu sababli ham keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni institutsionallashtirish yo'lida SHHT doirasida qator muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Yig'ilishda tomonlar 2021-yil 17-sentyabr kuni Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishida tasdiqlangan SHHTga a'zo davlatlarning 2022-2024-yillarga mo'ljallangan atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik konsepsiyasini amalga oshirish bo'yicha Harakatlar rejasini amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, yig'ilishda tomonlar SHHTning ekologik axborot almashinuvi uchun yagona platformasini birgalikda yaratish dasturini qabul qildilar. Yig'ilish yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning atrof-muhit masalalari bo'yicha mas'ul vazirlik va idoralari rahbarlarining 2023-yilda o'tkaziladigan navbatdagi to'rtinchi yig'ilishiga Hindiston Respublikasi raislik qilinishi ma'lum qilindi. Bir so'z bilan aytganda, SHHTga a'zo davlatlar atrof-muhitni muhofaza qilish vazirlarining Toshkent uchrashuvi O'zbekiston tomonidan olib borilayotgan faol ekologik diplomatiyaning navbatdagi eng muhim natijasi bo'ldi. Oziq-ovqat xavfsizligi deganda oziq-ovqat kasalliklari va shikastlanishlarining oldini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash va saqlash tartiblari tushuniladi. Ilmiy fan sifatida, oziq -ovqat xavfsizligi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.06 MB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:07 ]
Arxiv ichida: pptx