Iqtisod va mehnat tarbiyasi Reja: 1.Iqtisodiy tarbiyaning mohiyati va vazifalari. 2.Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni va shakllari. 3.Boshlang'ich sinflarda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish yo'llari. 4. Mehnat arbiyasi mazmuni. 5. Mehnat tarbiyasining mazmuni va tizimi. 6. O'quvchilar mehnat tarbiyasining shakllari va metodi. Asosiy tushunchalar: Iqtisod, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy tarbiya. Iqtisodiy tafakkur, ishbilarmonlik, tejamkorlik, tashabbuskorlik, ekologiya, efologik tarbiya. ekologik madaniyat, mehnat, mehnat tarbiyasi, aqliy mehnat, jismoniy mehnat, kasbga yo'llash. Iqtisodiy tarbiya barkamol inson tarbiyasining muhim muammolaridan biridir. Iqtisodiy o'zgarishlarni ustivor deb hisoblayotganimiz, taqsimotning ma'muriy buyruqbozlik tizimidan butkul voz kechayotganimiz hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy mnosabatlarni shakllantirayotganimiz jamiyatni isloh qilishga qat'iy yondoshishimizning ifodasidir, degan edi I.Karimov.( I.Karimov.O'zbekiston XX1 asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.Toshkent, O'zbekiston,1997 y., 188-bet.) Jamiyatni isloh qilish, bozor iqtisodiyoti talablari esa unda yashayotgan kishilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishini talab etadi.SHuning uchun ham o'sib kelayotgan yosh avlodda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy tarbiya o'quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ular haqida fikrlay olish kabi qobiliyatlarni shakllantiradi. 2. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuniga Sharq mutafakkirlari katta e'tibor qaratib kelganlar. Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy mamavzutika fani inson hayotida asosiy o'rin tutishini alohida ta'kidlaydi. Uning fikricha kishi hisob ilmini bilishi va ishiga pishiq bo'lmog'i lozim.SHunda u mehnatining natijasini o'lchovlar orqali aniqlay oladi.Abu Nasr al-Forobiy inson yashashi uchun juda ko'p narsalar kerakligini va bo'larni vujudga keltirish yo'lida boshqa shaxslarga murojaat qilish kerakligini e'tirof etadi. Bu o'rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko'rsatib o'tgan edi. Darhaqiqat iqtisodiy aloqa o'rnatish uchun odamlar, davlatlar, jamiyatlar integratsiya yo'lida harakat qiladilar. Hozirgi vaqtda bu fikr qanchalik to'g'ri ekanligini rivojlangan davlatlar hayoti misolida ko'rish mumkin. Iqtisodiy integratsiya davlatlarga faqat boylik keltiryapti. Al-Forobiy Baxt saodatga erishuv haqida asarida shunday yozadi: Inson o'z mablag'ini to'g'ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg'anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi. Ko'rinib turibdiki, o'tmish mutafakkirlari maktab va oila sharoitlarida O'quvchi iqtisodiy tafakko'rinii kengaytirish, ularni tejamkorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob- kitobga o'rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga e'tibor qaratganlar.Bolaga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Bola maktabga borgach bu borada puxta bilimlar ola boshlaydi. Abu Ali Ibn Sino o'z asarlarida shu xususda alohida to'xtaladi. Oila a'zolari- deb yozadi u,- kunlik oziq-ovqatlar uchun yetarli mahsulotlarni oldindan tejamkorlik bilan sarf qiladi. Har bir kishi bug'doy, guruch, mevalarni saqlash yo'llarini bilishi kerak. Ehtiyojga yaroqli narsalarga tejamkorlik bilan munosabatda bo'lish lozim. Ota-ona uvol qilish gunohligini farzandiga yoshligidan nasihat yo'li bilan o'rgatadi. Ibn Sino Bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar o'rgatish kerak deb ko'rsatadi: Inson hunarni puxta o'rganishi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.3 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.3 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:07 ]
Arxiv ichida: doc