Iqtisodchi-pedagog va uning kasbiy va axloqiy xususiyatlari Reja: 1. Iqtisodchi-pedagog va unga qo'yiladigan talablar. 2. Iqtisodchi-pedagogning mahorati va odobi. 3. Iqtisodchi-pedagogni tayyorlash va malakasini oshirish. O'qituvchi go'zallik sohibidir. Bu oliyjanob, sharfli kasb egalari haqida ne-ne aziz odamlar qo'llariga qalam olib jo'shqin hislarini, eng yaxshi ezgu tilaklarini oq qog'ozlar betiga bitmagan deysiz. Hayot abadiy. Ammo u yosh avlod bilan barhayot. Avlod bor ekan, unga ta'lim va tarbiya beradigan mehri daryo o'qituvchilar ham abadiy barhayot yashayveradi. O'qituvchi bamisoli bog'bon, u yoshlik gulshaning rahnamosi. U o'z bog'idagi mevalarini rango-rang va sog'lom bo'lishini umid qiladi. Kasblar ichida alohida faxr va iftixor bilan tarona etiladi kasb - bu o'qituvchilik kasbidir. Chunki biror soha yo'qki, unga o'qituvchining bevosita va bilvosita qo'shgan hissasi bo'lmasin. O'qituvchining bilimidan, aql-zakovatidan, mehr-muhabbatidan bahramand bo'lmagan kishi yo'q. (Mahkamov M. «Bo'lajak tarbiyachilarning pedagogik muloqot madaniyatini shakllantirish» nomzodlik dissertatsiyasi. T.,2005.) «Jahonda bo'lmasa muallim agar, hayot ham bo'lmasdi go'zal bu qadar», - deb yozadi Sharq mutafakkirlaridan biri Abdurahmon Jomiy. Shu o'rinda quyidagi o'qituvchi hikmatlari alohida ahamiyatga ega. «Haqiqiy ustozlikning mohiyati ulug' hayot taqozo etayotgan, axloqiy fazilatlarni yosh avlodning ongiga, e'tiqodiga, eng muhimi, eng kundalik xatti-harakatiga aylantira bilishdadir». «Iqtisodchi pedagog talaba yonida har doim katta mas'uliyat sezmog'i lozim. Uning talaba qoshidagi obro'si ana shu hissiyot bilan mutanosibdir». «Istedodli iqtisodchi tarbiyachi tarbiyalanuvchini hayotdagi xilma-xil va murakkab vaziyatlarga yuzma-yuz qo'yadi va maqbul yechim topishga o'rgatadi». «Tarbiya obyektimiz-bolani aktiv subyektga aylantira olishimiz kerak, chunki ta'lim-tarbiya ikki tomonlama jarayondir». «Dunyo xalqlarining ilg'or pedagogik tajribalarini kuzatmay va o'rganmay, o'zining bilim doirasi bilan chegaralanib qolgan o'qituvchi fan-texnika yutuqlaridan bebahra qolgan kosibni eslatadi». «Bizdan, yani iqtisodchi pedagoglardan ta'lim olayotgan shogird faqat bugungi kunning ehtiyojigina emas, balki kelgusi dahosiga ham monand bo'lishi kerak». «O'qituvchining fikri va zehni nechog'lik teran bo'lsa, uning nutqi shunchalik ixcham va mazmunli bo'ladi». Iqtisodchi o'qituvchi o'tmish ajdodlarimiz yaratgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma'rifiy va ma'naviy merosimizni yosh avlodga etkazuvchi, beruvchi vositadir. Shunday ekan o'qituvchi shaxsi oldida katta mas'uliyat uyg'unlashadi. Bular asosan o'qituvchining kasbiy mahoratlariga qo'yiladigan talablar negizida namoyon bo'ladi. Demak, ular quyidagilar: Iqtisodchi o'qituvchi avvalo o'z kasbini sevishi lozim; O'z kasbini sevishi bilan bir qatorda, o'z predmetini (iqtisodiy fanlar majmuini) chuqur bilimdoni bo'lishi lozim; Pedagogika va psixologiya fanlarini chuqur o'zlashtirgan bo'lishi lozim; O'quv-tarbiya ishlarini metodikasini puxta egallagan bo'lishi lozim; Hayot, fan va madaniyat, ma'rifat masalalarini bilishi lozim; Hozirgi zamon texnika-texnologiyalarini bilan chuqur qurollangan va ularni o'zlashtirgan bo'lishi lozim; Eng asosiysi Respublikamiz hayotiga oid materiallar bilan ommaviy axborot vositalaridan, gazeta va jurnallardagi iqtisodiyotimizga oid eng so'nggi yangiliklar bilan xabardor bo'lishi va ularni talabalarga etkaza ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.1 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
16.1 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:07 ]
Arxiv ichida: doc