Iqtisodiy fanlarni o'rganishda aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalarni qo'llash, dasturlashtirilgan ta'lim va muommoli ta'lim texnologiyalari

Iqtisodiy fanlarni o'rganishda aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalarni qo'llash, dasturlashtirilgan ta'lim va muommoli ta'lim texnologiyalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Iqtisodiy fanlarni o'rganishda aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalarni qo'llash, dasturlashtirilgan ta'lim va muommoli ta'lim texnologiyalari - rasmi

Material tavsifi

Iqtisodiy fanlarni o'rganishda aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalarni qo'llash, dasturlashtirilgan ta'lim va muommoli ta'lim texnologiyalari. Reja: 1. Aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalar haqida tushuncha. 2. Aniq tushunchalardan foydalanish va ularning ahamiyati. 3. Dasturlashtirilgan ta'lim tecxnologiyalarni qo'llash mahorati. 4. Ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning barqaror suratlarini ta'minlashga erishish jarayonida ta'lim samaradorligini oshirishning muhimligi. Tayanch iboralar: Aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalar, pedagogik prognostika, ta'lim jarayonining tashxis qilish, pedagogik prognostika, didaktik ishlanma, pedagogik nazariyalar; 1. Aniqlashtirilgan maqsadli texnologiyalar haqida tushuncha. Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini hisobga olib, Pedagogik texnologiyar fani pedagogik prognostikaning yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o'z zimmasiga olmog'i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta'lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ta'limning o'rni va darajasini aniqlashga yo'naltirilgan tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni taqozo qiladi. Shundagina ta'lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga xizmat qila oladi. Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz ta'lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va vositalarini, ta'lim natijalarining jamiyat hayotiga ko'rsatadigan ta'sir darajasini oldindan loyihalashtirishga asos bo'la oladi. Demak, shundagina o'quv-tarbiya jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta'lim sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o'quv - metodik majmualar tajriba - sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta'lim jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, ta'lim natijasining sifat ko'rsatkichlari, ta'lim jarayoniga tatbiq qilinadigan pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta'lim amaliyotini rivojlantira olish yoki ta'limning taraqqiyotiga to'sqinlik qilish darajasini aniqlashga yo'naltirilishi kerak. Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O'tkazilayotgan tajriba - sinovning xarakteri bilan bog'liq tarzda o'quv dasturlari, darslik va dars ishlanmalari, metodik qo'llanmalar, didaktik ishlanmalarning yaratilishi va tajriba - sinov jarayoniga taqdim etilishi zarur. Agar o'quv dasturi tajribadan o'tkazilayotgan bo'lsa, kuzatilayotgan ta'lim jarayonini, ya'ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik vositalar, ko'rgazmali qurollar, o'quv qo'llanmalari bilan ta'minlashga erishish talab etiladi. Bunda asosiy e'tibor o'qituvchining qaysi metod yoki pedagogik texnologiyani qo'llaganligiga emas, balki o'quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan o'quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi. Chunonchi, tajriba - sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga oshiriladigan tajriba - sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy - pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng ko'lamli tajriba - sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining ekspertizasi ilmiy - pedagogik jamoalar tomonidan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.62 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.62 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga