Reja: Ishlab chiqarish amaliyotining maqsadi va mazmuni Ishlab chiqarish amaliyoti uchun individual va ilmiy- tadqiqot topshiriqlarini ishlab chiqish Korxona qurilmalari va jihozlarini hisoblash va loyihalashni tashkil qilish Amaliyotni tashkil etish va unga rahbarlik qilish. Talalbalar amaliyoti oliy ta'lim muassasalarining davlat va aksiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo'shma korxonalar va boshqalar bilan tuzgan shartnomalari asosida tashkil etiladi. YUridik shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida o'qiydigan talabalar amaliyot o'tish uchun tegishli amaliyot ob'ektlariga yuboriladi. Amaliyotni tashkil qilish va o'tkazish uchun javobgarlik oliy o'quv yurtining rektori zimmasiga yuklanadi. Amaliyot joylari, talabalarning katta guruhlari o'tishini hisobga olib, oliy ta'lim muassasasi yaqinida joylashgan amaliyot ob'ektlaridan tanlanadi. Mazkur tayanch joyda talabalar amaliyot o'tadigan korxona yo'q bo'lsa, amaliyot ob'ektlari sifatida oliy ta'lim muassasasiga yaqin joylashgan korxonalardan foydalaniladi. Ikki tomonlama bitimlar asosida amaliyotni xorijiy davlatlar korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida o'tish mumkin. Oliy o'quv yurti: -har yili, 1 dekabrdan kechiqmagan holda, navbatdagi kalendar yili uchun amaliyot ob'ektlari bilan shartnomalar tuzadi. Amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin talabalar amaliyotini o'tkazish dasturi va kalendar jadvalini amaliyot ob'ektlari bilan kelishib oladi; -amaliyot rahbari tajribali professor, dosent va o'qituvchilardan tayinlanadi; -fan-texnika va madiniyatning eng yangi yutuqlari, ishlab chiqarish iqtisodiyoti, uni ilmiy tashkil etish, boshqarish va unga o'xshash masalalar bo'yicha amaliyot ob'ektlari ma'muriyati ibaln birgalikda mutaxasislarning ma'ruzalarini tashkil etadi; -talabalar va amaliyot ob'ektlarini amaliyot dasturlari bilan ta'minlaydi; -ob'ektlardagi talabalar amaliyotining tashkil etish tartibi va o'tkazilishini hamda amaliyot muddati va mazmuniga rioya qilinishini nazorat etadi. Oliy o'quv yurtidan tayinlangan amaliyot raxbari esa: -talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish bilan ob'ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi; -talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar(amkaliyot o'tkazish tartibi, xavfsizlik texnikasi qoidalari ko'rsatmalari berish va x.k.)ni o'tkazishni ta'minlaydi; -talabalarning kafedra topshiriqlarida ko'zda tutilgan ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi; -amaliyot ob'ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me'yordagidek ta'inlanganligini nazorat qiladi; -talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi; -amaliyot yakunlari bo'yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi; -talabalar amaliyot bo'yicha hisobotini ko'rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o'taganligi, ularning amaliy tayyorgarligidagi kamchiliklar ko'rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida taqliflar kiritilgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi; -barcha ishlarni amaliyot ob'ektlari tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o'tkazadi. Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob'ekti rahbarining buyruғi bilan ma'sul hodimlarning biriga yuklatiladi. Sex, bo'lim, laboratoriya kabilarda talabalar amaliyotining bevosita rahbarligi amaliyot ob'ekti boshliғining buyruғi bilan ko'srsatilgan tarkibiy bo'limning yuqori malakali mutaxassisi zimmasiga yuklanadi. SHartnoma majburiyatlariga muvofiq amaliyot ob'ektlari: -talabalar amaliyotini amaliyot dasturi va mazkur Nizomga muvofiq tashkil qiladi va o'tkazadi; ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.41 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.41 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:07 ]
Arxiv ichida: doc