Ishlab chiqarish ta'lim metodlari strukturasi Reja 1.Ishlab chiqarish ta'limi xususiyatlari. Ish-harakat usullarini namoyish qilish. 2.Mashq. Talabalarning mustaqil kuzatuvi. 3.YOzma ko'rsatma berish. Ishlab chiqarish ta'limining faol usullari Asosiy ma'lumot Zamonaviy sharoitda bozor iqtisodiyoti yuksak kasb mahoratga mutaxassilarni tayyorlashni talab etiladi. Bu esa kasb ta'limi muassasalari oldiga yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ularda mehnatga ijodiy munosabatni tarkib toptirish uchun ishlab chiqarish ta'limi tubdan yaxshilash vazifasini qo'yadi. Ishlab chiqarish ta'limi xususiyatlari. Kasb-hunar ta'limi o'quv muassasalarida o'quv jarayonining ishlab chiqarish ta'limi tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. SHu bilan birga ishlab chiqarish ta'limi maqsadi, mazmuni, shakli va usullari bilan o'ziga xos xususiyatiga xam ega. Ishlab chiqarish ta'limining asosiy maqsadi talabalarda ma'lum kasb, mutaxassislik sohasi bo'yicha kasbiy mahoratning shakllanishi hisoblanadi. Kasbiy mahorat» tushunchasi mohiyatini ochib beruvchi quyidagi ko'rsatkich-mezonlarni ajratib ko'rsatamiz: ishni bajarish sifati - Texnik talablarning ish natijalari bo'yicha bajaralishi; uning o'rnatilgan ko'rsatkich va me'yorlarga mos kelishi; ijobiy natijalarni olish; mehnat unumdorligi - o'rnatilgan vaqt me'yorlarining bajarilishi; mehnatni tashkil qilish va ishni bajarishning eng tejamli va unumli usullarini, yuqori unumdorlikka ega bo'lgan texnika va texnologiyani o'zlashtirishga va bo'lgan intilishni aniqlab beruvchi vaqt mezonini baholash qobiliyati va mahorati; kasbiy mustaqillik - mehnatning yuqori sifati va unumdorligini ta'minlovchi ish usulini mustaqil tanlash mahorati; ishlab chiqarish vaziyatlarida muammolvrni mustaqil hal qilish, to'g'ri qaror qabul qilish qobiliyati; ishda o'z-o'zini nazorat qilish va boshqarishni amalga oshirish; Ishlab chiqarish ta'limi usullari oldingi paragrafda ko'rib o'tilgan nazariy o'qitish usullariga o'xshashdir. Ayniqsa ishlab chiqarish ta'limi jarayonida nazariy o'qitishning ko'plab usullari ishtirok etadi. SHu bilan bog'liq ravishda faqat ishlab chiqarish ta'limi uchun xos bo'lgan metodlarni ko'rib chiqamiz. Bularga to'rt pog'onali, harakat usulini namoyish qilish, mashqlar, talabalarning mustaqil kuzatishi, yozma ko'rsatmalar, mehnatga ijodiy yondashuvning shakllantirish, shuningdek ishlab chiqarish ta'limining ba'zi «faol» usullari kiradi. Kasb hunar kollejlarida talabalar o'z tanlagan kasb ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo'lishlarida «to'rt pog'onali usuli» eng samarali usul hisoblanadi. Bu usul O'zbekiston Respublikasi AQSH va Evropaning bir qancha davlatlari kasb hunar ta'limida keng qo'llaniladi. Bu usulda amaliy ko'nikmalarni o'zlashtirish jarayoni quyidagi to'rt bosqichda amalga oshiriladi. Amaliy o'qituvchisi talabalarga avval bajariladigan kichikroq bir ishni tushuntirib beradi, so'ngra qanday tartibda bajarilishini qilib ko'rsatadi. Keyin talaba shu ishni ko'rsatilgan tarzda qaytarishi (immitatsiya) kerak. Talaba qaytarib qilayotgan paytda amaliyot o'qituvchisi uning xatolarini to'g'rilab turadi. Talaba ushbu mashqni bir necha marotaba qaytarishi kerak. Ish harakati usullarini namoyish qilish metodi. Bu metodini qo'llashdan maqsad talabalar ongiga ish harakatining aniq ko'rish tarzini yaratishdir. Ish harakatining aniq va to'liq tarzi talabalar ongiga bir lahzada yuzaga kelmaydi. Avval u umumiy ko'rinishda taassurot qoldiradi. So'ngra ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
313.43 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:07
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
313.43 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:07 ]
Arxiv ichida: ppt