Reja: O'quv rejasi va yuklamasi Amaliyotlarning maqsadi va ta'lim jarayonidagi o'rni Tanishuv amaliyotini tashkil qilish va o'tkazish Tanishuv amaliyotining maqsadi va mazmuni Amaliyotni yakunlash O'quv rejasi va dasturlari. O'quv rejasida ko'rsatilgan fanlar ularni o'rganish tartibi, har bir o'quv faniga ajratilgan vaqt, konsultasiya va imtihonlar barcha o'quv guruhlari uchun majburiydir. O'quv rejasi o'quv yurtining turi, maqsadi va vazfalarini, o'quvchilarning soni va o'qish muddatini belgilovchi davlat xujjatlari asosida ishlab chiqiladi. O'quv rejasiga kirgan xujjatlarni malaka tavsifnomasi, mavzular rejasi va o'quv dasturlari tashkil etadi. Malaka tavsifnomasi - ishchining bilimi hamda kasbiy saviyasiga qo'yiladigan asosiy talablar mujassamlangan normativ xujjatdir. Unda ishchi u yoki bu kasb faoliyati doirasidagi ishlarni ongli va to'ғri bajarishi uchun egallashi zarur bilimlar ifodalanadi. Malaka tavsifnomasi ish va kasblar, xalq xo'jaligining muayyan sohalaridagi mashғulotlarning yagona ta'rif malaka ma'lumotnoma asosida tuziladi. Malaka tavsifnomasida kasb va ixtisoslarning aniq nomlari, texnik va maxsus bilimlar, mehnat ko'nikma va malakalari, malaka oshirish bo'yicha yo'l-yo'riqlar ifodalanadi. Bu xujjatlar o'quv rejasi va dasturlarini tuzishda asos bo'ladi, shuningdek bitirish imtihonlarida o'quvchilarning bilimlarini sifatli aniqlash uchun xizmat qiladi. Mavzular rejasi - o'quv dasturining bir qismini tashkil etib, unda mavzularning tartibi va nomi, ularning o'tish uchun, shu jumladan, nazariy, laboratoriya amaliy mashғulotlari va ishlab chiqarish ta'limi uchun ajratilgan vaqtlar ko'rsatiladi. O'quv dasturlari. Fanni hajmini, uni o'qitishning mazmuni va tartibini belgilaydi. YAngi o'quv reja va dasturlarida materiallar o'quv yillari bo'yicha taqsimlangan ikkinchi darajali materiallar chiqarib tashlangan, o'quvchilarning yangi texnika bo'yicha bilim va malakalar bilan qurollantirish, o'quv ustaxonalarida, laboratoriyalarida o'qitish, yangi texnologik jarayonlar bilan tanishtirish ko'zda tutilgan. Asosiy e'tibor ularda mustaqil fikrlashni rivojlantirish, mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash ishlariga qaratilgan. Ishlab chiqarish ta'limining tashkiliy shakli deganda o'quv- ishlab chiqarish faoliyati uchun o'quvchilar jamoasini tashkil etish yo'llari, bu faoliyatga raxbarlik qilish shakllari, shuningdek o'quv mashғulotlarini qurilish strukturasi tushuniladi. Ishlab-chiqarish ta'lim jarayoni (rasm) ta'limning turli shakllari bilan ta'minlanadi. Ta'limning asosiy formasi dars o'isoblanadi. Bu KXKdagi o'quv ishini tashkil etishning nazariy va ishlab chiqarish ta'limidagi asosiy shaklidir. Ishlab chiqarish ta'limi darsi-o'quvchilarning barcha guruxlarini bir hil sharoitda, yagona didaktik vazifaning bajarilishini ta'minlaydigan tashkiliy shaklidir. (masalan: o'quv ishlab- chiqarish ustaxonalari, o'quv xujaliklari, o'quv ishlab chiqarish sexlari va xokazo). O'quvchilar faoliyati va ta'minoti jarayoni, shuningdek doimiy tayyorgarlikni metodlari va didaktik vositalarni to'ғri tanlashni ta'minlaydi. Xususan dars frontal gurux shaklida o'quvchilar o'quv materialini bir vaqtda bir hil ishlarni bajargan holda o'rganadilar. Bu shakl o'qitish uchun juda kulay sharoit yaratadi va shuning uchun undan birinchi navbatda foydalanish zarur. KXKdagi ishlab-chiqarish ta'limi dastlabki paytlarda kollej o'quv ustaxonalarida, xujaliklar tomonidan ajratilgan o'quv dalasida, o'quv ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:22:37
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
241.94 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:07
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:22 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
241.94 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:07 ]
Arxiv ichida: doc