Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fanining predmeti va vazifalari

Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fanining predmeti va vazifalari

O'quvchilarga / Pedagogika
Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fanining predmeti va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fanining predmeti va vazifalari Reja: Fanning obyekti, predmeti va uni o'rganish metodologiyasi. Fanning mazmuni va uning boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Fanning vazifalari. 1. Fanning obyekti, predmeti va uni o'rganish metodologiyasi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fanning obyekti bu oziq-ovqat sanoati korxonasidir. Korxona atamasining eng oxirgi ta'rifi O'zbekiston Respublikasidagi korxonalar to'g'risidagi qonunida ifoda etilgan. Unda xususan bunday deyiladi: Huquqiy shaxs huquqiga ega bo'lgan, mulkchilik huquqi yoki xo'jalikni to'la yuritish huquqi bo'yicha o'ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotiladigan yoki mahsulotni ayira boshlagan , ishlarini bajaradigan, xizmat ko'rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o'z faoliyatini ro'yobga chiqaradigan mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt korxona hisoblanadi. Korxona o'z faoliyatini maqsadlarini ro'yobga chiqarishga ishlab chiqarilayotgan mahsuloti, bajarilayotgan ishlari yoki ko'rsatayotgan xizmatlariga bo'lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi a'zolarining iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarining hamda korxona mol-mulki egasining manfaatlarini ta'minlash yo'li bilan erishadi. Korxona o'z asosiy faoliyatini o'zining Ustavida ko'zda tutilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq ravishda amalga oshiradi. Korxona Ustavi esa jumhuriyat qonun va qoidalariga asoslanadi. Korxona faoliyatini ilmiy asosda oqilona tashkil etish va boshqarish uchun, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash uun umumiy iqtisodiy qonunlarni chuqur bilish, barcha qonun qoidalardan unumli foydalanish, ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarining hozirgi zamon usullaridan keng foydalanish zarur. Korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fanining predmeti deganda korxonalarni ishlab chiqarish - xo'jalik faoliyati sharoitida iqtisodiy qonunlarning harakati va namoyon bo'lish shakllari va eng kam mehnat, moddiy va ma'naviy harakatlar bilan eng yaxshi natijalarga erishishini taminlovchi yuqori samarali ish usullari ishlab chiqish tushuniladi. Ilm yoki fanning metodologiyasi deyilganda uni bilish va o'rganish faoliyatining shakllari va usullari tushuniladi. Shu fan bo'yicha masalani o'rtaga tashlash, tadqiqot mavzuini va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek, aniqlangan natijaning haqiqiyligi, yani o'rganilayotgan obyekt muvofiqligi jihatidan tekshirish metodologiyasini qo'llashining - eng muhim tomoni hisoblanadi. Demak, metodologiya - bu tadqiqot yoki bilish, anglash yo'li, voqealikni amaliy yoki nazariy o'zlashtirish usullarining majmuasidir. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fanining metodologik asosini dialektika bilimining umumiy nazariyasi tashkil etadi. Dialektika usuli muammolar o'rganilayotganda omillar va shart sharoitlarning namoyon bo'lishi va yuz berish ziddiyatlarga, qarama-qarshiliklarga boy ekanligini inobatga olishni taqozo etadi. 2. Fanning mazmuni va uning boshqa fanlar bilan bog'liqligi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish fani o'z mazmuni mohiyatiga ko'ra juda ko'p kirrali va ishlab chiqarish jamoasi hayotining ko'pgina sohalarini qamrab oladi. Bu fan bir qator fanlar bilan o'zaro aloqada, bo'lib ularning yutuqlaridan keng foydalaniladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.57 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.57 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga